“Toshkent” Respublika fond birjasiga “Vaqt Investitsiya Kompaniyasi” MChJning (avvalgi “Samarqand vaqt depozitariysi” MChJ) 2026-yil 9-oktyabrdagi ta’sischilari qaroriga muvofiq jamiyatning investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida murojaat kelib tushganligini ma’lum qilamiz.
Murojaatda jamiyatda qimmatli qog‘ozlari hisobga olinayotgan mijozlardan 2026-yil 30-oktyabrga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlarini o‘zlari tanlagan boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazishlari mumkinligi bildirilgan.
Shuningdek, belgilangan muddatda mijozlar tomonidan tegishli qaror qabul qilinmagan taqdirda, ularning qimmatli qog‘ozlari Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Murojaat uchun telefon: +998 95 108-82-28.