Avval xabar qilinganidek, jamiyat ustav fondini kapitalizatsiya qilish natijasida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi munosabati bilan 2026-yil 25-fevraldan boshlab mazkur emitentning oddiy UZTL (UZ7047110000) va imtiyozli aksiyalari UZTLP (UZ704711K019) bilan savdolar vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
2026-yil 20-aprel kuni kapitalizatsiya jarayonlari yakunlangach, savdolarni qayta tiklash jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi bois savdolar 2026-yil 25-fevraldagi yopilish narxlari bo‘yicha tiklangan. Shu munosabat bilan bozor ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida savdolar 2026-yilning 21-aprelidan qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.
Bunda kapitalizatsiyadan keyin qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bozor narxlari oddiy aksiyalar uchun 2 400 so‘mni, imtiyozli aksiyalar uchun esa 2 033,33 so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.