РЕСПУБЛИКАНСКАЯ ФОНДОВАЯ БИРЖА
«ТОШКЕНТ»

Цена закрытия : 24.6
Цена последний сделки : 24.24 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 4,270
Цена последний сделки : 3,999.99 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 2,100
Цена последний сделки : 2,050 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 949
Цена последний сделки : 960.02 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 1,410
Цена последний сделки : 1,534.99 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 9.5
Цена последний сделки : 9.34 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 31
Цена последний сделки : 31.97 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 3,699
Цена последний сделки : 3,495 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 1.14
Цена последний сделки : 1.17 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025

Существенные факты



EMITENTNING NOMI/НАИМЕНОВАНИЕ ЭМИТЕНТА/ISSUER'S NAME

“Бизнесни оивожлантириш банки” акциядорлик тижорат банки
“Бизнесни оивожлантириш банки”АТБ
BRB


ALOQA MA’LUMOTLARI/КОНТАКТНЫЕ ДАННЫЕ/CONTACT INFORMATION

Тошкент шаҳар, Навоий кўчаси,18-А уй.
Тошкент шаҳри
headoffice@brb.uz
www.qrb.uz


MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA AXBOROT/ИНФОРМАЦИЯ О СУЩЕСТВЕННОМ ФАКТЕ/MATERIAL FACT INFORMATION

06
Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari./Решения, принятые высшим органом управления эмитента, в том числе решения наблюдательного совета хозяйственных обществ о выпуске акций, корпоративных облигаций и иных ценных бумаг/Decisions madeby the highest management body of the issuer, including decisions of the supervisory board of business companies on the issue of shares, corporate bonds and other securities
Kuzatuv kengashi majlisi/Заседания наблюдательного совета/Supervisory board meeting
26.09.2024
26.09.2024
100011, Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси 18А-уй.
100
Ovoz berishga qo‘yilgan masalalar/Вопросы, поставленные на голосование/Questions put to the vote Ovoz berish yakunlari (yoqlash) %/Итоги голосования за %/Results of voting for % Ovoz berish yakunlari (yoqlash) /Итоги голосования за количество/Results of voting for the number of Ovoz berish yakunlari (qarshi) %/Итоги голосования против %/Results of the vote against % Ovoz berish yakunlari (qarshi)/Итоги голосования против количество/The results of the vote against the number Ovoz berish yakunlari (betaraflar) %/Итоги голосования воздержались %/The results of the vote abstained % Ovoz berish yakunlari (betaraflar)/Итоги голосования воздержались количество/Voting results abstained number
1 “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimni ma’qullash to‘g‘risida 100 6 0 0 0 0
2 “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish orqali oshirish va chiqarish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish to‘g‘risida 100 6 0 0 0 0
3 “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish shartlari va tartibini tasdiqlash to‘g‘risida 100 6 0 0 0 0
4 “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida”gi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida 100 6 0 0 0 0
Matn/Текст/Text
1 1. Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichevning bankning affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bank o‘rtasida 1.088 607 260 297,25 (Bir trillion sakson sakkiz milliard olti yuz etti million ikki yuz oltmish ming ikki yuz to‘qson etti so‘m 25 tiyin) so‘mlik hamda O‘zbekiston Republikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan 1 625 000 000 172,75 (Bir trillion olti yuz yigirma besh milliard bir yuz etmish ikki so‘m 75 tiyin) so‘mgacha (125,0 mln. AQSh dollarining so‘mdagi ekvivalenti) shartnoma (bitim) tuzishga ruxsat berilsin. 3. Bankning affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitim (bitimlarni) ma’qullansin. 4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish vazifasi Kuzatuv kengashi a’zosi T.N.Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
2 1. Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichevning “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarini muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzliksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-312-sonli hamda PQ-313-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida: “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning nominal qiymati 119,25 (Bir yuz o‘n to‘qqiz so‘m 25 tiyin) so‘m bo‘lgan 22 755 616 440 (Yigirma ikki milliard etti yuz ellik besh million olti yuz o‘n olti ming to‘rt yuz qirq) dona, umumiy qiymati 2 713 607 260 470,00 (Ikki trillion etti yuz o‘n uch milliard olti yuz etti million ikki yuz oltmish ming to‘rt yuz etmish) so‘mlik egasining nomi yozilgan oddiy, hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalari yopiq obuna orqali muomalaga chiqarilsin. 3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Kuzatuv kengashi a’zosi T.N.Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
3 1. Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichevning Qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish shartlari va tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning nominal qiymati 119,25 (Bir yuz o‘n to‘qqiz so‘m 25 tiyin) so‘m bo‘lgan 22 755 616 440 (Yigirma ikki milliard etti yuz ellik besh million olti yuz o‘n olti ming to‘rt yuz qirq) dona, umumiy qiymati 2 713 607 260 470,00 (Ikki trillion etti yuz o‘n uch milliard olti yuz etti million ikki yuz oltmish ming to‘rt yuz etmish) so‘mlik egasining nomi yozilgan oddiy, hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari quyidagicha belgilansin: - aksiyalar joylashtirilishining usuli: chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna usuli bilan Bank aksiyadorlarining imtiyozli ravishda olish huquqi qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Republikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga joylashtiriladi. - aksiyalar joylashtirilishining muddati: aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 365 (Uch yuz oltmish besh) kun muddatda joylashtiriladi. - aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi: aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi to‘g‘risidagi bildirishnoma qonunchilikka muvofiq e’lon qilinib, aksiyadorlarning chiqarilayotgan aksiyalarni imtiyozli ravishda olish huquqining amal qilish muddati tugagan kundan keyingi birinchi kun. Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirish keyingi birinchi ish kunida boshlanadi. - aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi: mazkur chiqarilishdagi so‘nggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, mazkur chiqarilish vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 365 (Uch yuz oltmish besh) kundan oshmasligi lozim. - aksiyalar joylashtirilishining tartibi: aksiyalarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga asosan, bitimlar tuzgan holda amalga oshiriladi. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda anderrayterlarni jalb qilish ko‘zda tutilmagan. Bank aksiyalarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaguniga qadar chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli huquqqa ega bo‘lmagan shaxslarga joylashtirilmaydi. Bank aksiyadorlarining imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugagunidan keyin qolgan aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Republikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga joylashtiriladi. - joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi: chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Aksiyador ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi. Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana ya’ni 2024-yil 26-sentabr kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reestrining ma’lumotlari asosida tuziladi. Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin. Bank aksiyalarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 10 (o‘n) kun ichida ommaviy axborot vositalarida bildirishnomani e’lon qilish orqali o‘zining imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlariga aksiyalarni olishni taklif etadi. Bildirishnoma matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) taqdim etilishi kerak. Aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun davomida amal qiladi. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, tugaydi. Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi; Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar mazkur qarorda belgilangan tartibda joylashtiriladi. - aksiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi: Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar nominal qiymatda 119,25 (Bir yuz o‘n to‘qqiz so‘m 25 tiyin) so‘mdan joylashtiriladi. - aksiyalarni to‘lash shartlari va tartibi: Aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablag‘lari bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Republikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi PQ-312-sonli va PQ-313-sonli qarorlariga muvofiq hamda jalb qilingan investitsiyalar hisobidan naqdsiz shaklda hamda boshqa aksiyadorlar tomonidan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari bank nomi: “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki (qisqa nomi: “Biznesni rivojlantirish banki” ATB), bank manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18 A uy., bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: “Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash bo‘limi”, bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A uy., bank STIR: 206 916 313, bank hisobvaraqlari: 30318000700001037002 (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi) va 30312000700001037001 (boshqa aksiyadorlar uchun), bank kodi (MFO): 01037 bo‘yicha qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, aksiyalar uchun to‘langan pul mablag‘lari Bank-emitentning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritiladi; - aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda emitent tomonidan aksiyalar to‘lovi sifatida olingan vositalarni qaytarish tartibi: Mazkur chiqarilishdagi aksiyalarning 60 foizidan kam qismi ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda joylashtirilgan taqdirda mazkur chiqarilish amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bank tomonidan mazkur holat bo‘yicha rasmiy tarzda ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan jamiyatning rasmiy veb-saytida (http://www.brb.uz.) hamda Korporativ ma’lumotlar yagona portalida (www.openinfo.uz) e’lon qilinadi. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab, 10 kun mobaynida aksiyalar uchun qabul qilingan to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda qaytariladi. 3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish vazifasi Kuzatuv kengashi a’zosi T.N.Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
4 1. Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichevning “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining qo‘shimcha aksiyalari chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini bank Kuzatuv kengashi nomidan imzolash vakolati bank Kuzatuv kengashi a’zosi T.N.Xusanovga berilsin. 4. Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichev zimmasiga qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishiga oid hujjatlarning qisqa muddat ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi topshirilsin. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish vazifasi Kuzatuv kengashi a’zosi T.N.Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Shaxs a’zosi hisoblangan emitent organining nomi/Наименование органа эмитента, членом которого является лицо/Name of the issuer's agency of which the person is a member To‘lov turi (haq va (yoki) kompensatsiyalar)/Вид выплаты (вознаграждения и (или) компенсация)/Type of payment (remuneration and (or) compensation) Hisoblangan summa (so‘m)/Начисленная сумма (сум)/Accrued amount (sum) Mablag‘lar hisoblangan davr/Период, за который начислены средства/The period for which the funds were accrued To‘lov nazarda tutilgan emitent hujjati/Документ, котором предусмотрена выплата/The document that provides for the payment
Norqulov Ilhom Ibragimovich

Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash/Избрание членов наблюдательного совета/Election of members of the Supervisory Board:

F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Ish joyi/Место работы/Place of work Lavozimi/Должность/Post Egamizdagi aktsiyalar turi/Тип принадлежащих акций/Type of shares held Egamizdagi aksiyalar soni/Количество принадлежащих акций/Number of shares owned Ovozlar soni/Количество голосов/Number of votes
Аннакличев Сахи Сапармухамедович
Акрамов Дилшод Азимович
Холйигитов Олимжон Ҳамидуллаевич