Цена закрытия : 56
Цена последний сделки : 56 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 6,428
Цена последний сделки : 6,428 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 4,709
Цена последний сделки : 4,709 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 3,340
Цена последний сделки : 3,340 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 1,449
Цена последний сделки : 1,449 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 36
Цена последний сделки : 36 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 84.98
Цена последний сделки : 84.98 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 8,720
Цена последний сделки : 8,720 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026
Цена закрытия : 3.3
Цена последний сделки : 3.3 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 17.04.2026

Существенные факты



EMITENTNING NOMI/НАИМЕНОВАНИЕ ЭМИТЕНТА/ISSUER'S NAME

«Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki
«Turonbank» ATB
TNBN


ALOQA MA’LUMOTLARI/КОНТАКТНЫЕ ДАННЫЕ/CONTACT INFORMATION

Toshkent shahri, Abay ko‘chasi 4A uy.
100011, Toshkent shahri, Abay ko‘chasi 4A uy.
info@turonbank.uz
www.turonbank.uz


MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA AXBOROT/ИНФОРМАЦИЯ О СУЩЕСТВЕННОМ ФАКТЕ/MATERIAL FACT INFORMATION

06
Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari./Решения, принятые высшим органом управления эмитента, в том числе решения наблюдательного совета хозяйственных обществ о выпуске акций, корпоративных облигаций и иных ценных бумаг/Decisions madeby the highest management body of the issuer, including decisions of the supervisory board of business companies on the issue of shares, corporate bonds and other securities
Kuzatuv kengashi majlisi/Заседания наблюдательного совета/Supervisory board meeting
08.07.2024
18.07.2024
Toshkent shaxri, Shayxontoxur tumani, Abay ko‘chasi 4A uy.
100
Ovoz berishga qo‘yilgan masalalar/Вопросы, поставленные на голосование/Questions put to the vote Ovoz berish yakunlari (yoqlash) %/Итоги голосования за %/Results of voting for % Ovoz berish yakunlari (yoqlash) /Итоги голосования за количество/Results of voting for the number of Ovoz berish yakunlari (qarshi) %/Итоги голосования против %/Results of the vote against % Ovoz berish yakunlari (qarshi)/Итоги голосования против количество/The results of the vote against the number Ovoz berish yakunlari (betaraflar) %/Итоги голосования воздержались %/The results of the vote abstained % Ovoz berish yakunlari (betaraflar)/Итоги голосования воздержались количество/Voting results abstained number
1 “Turonbank” ATBning ustav kapitalini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha (27-emissiya) aksiyalarini chiqarish toʻgʻrisida. 100 9 0 0 0 0
2 “Turonbank” ATBning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi Qarori va Aksiyalar emissiya risolasini tasdiqlash toʻgʻrisida. 100 9 0 0 0 0
Matn/Текст/Text
1 Majlis kun tartibidagi masala yuzasidan bank Kuzatuv Kengashi Raisining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2 “Turonbank” ATBning nominal qiymati 1 700 (Bir ming yetti yuz) soʻm boʻlgan umumiy qiymati 99 999 999 300 (toʻqson toʻqqiz milliard toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz million toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz ming uch yuz) soʻmlik 58 823 529 (ellik sakkiz million sakkiz yuz yigirma uch ming besh yuz yigirma toʻqqiz) dona ayirboshlanadigan imtiyozli qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan ustav kapitali koʻpaytirilsin.
3 “Turonbank” ATBning qoʻshimcha (27-emissiya) aksiyalarini joylashtirish tartibi va shartlari quyidagicha tasdiqlansin: - ushbu chiqarilayotgan ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalar ochiq obuna yoʻli bilan cheklanmagan shaxslar orasida joylashtiriladi. Bunda, bankning imtiyozli aksiyalari egasi boʻlgan aksiyadorlari chiqarilayotgan aksiyalarni oʻzlariga tegishli boʻlgan shu turdagi aksiyalarga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga egalar; - ushbu chiqarilayotgan aksiyalar, qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab bir yil muddat ichida joylashtiriladi; - joylashtirishni boshlanish sanasi – ushbu qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 15 (oʻn beshinchi) kun, biroq imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati oʻtguniga qadar jamiyatning barcha imtiyozli aksiya egasi boʻlgan aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, aksiyalarni joylashtirish ushbu arizalar kelib tushgan kundan keyingi ish kunida, lekin qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborot belgilangan tartibda oshkor qilinganidan keyin kamida ikki hafta oʻtgach boshlanadi. Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi bank hisob operatsiyalari uchun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirish keyingi birinchi ish kunida boshlanadi; - joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishdagi eng oxirgi aksiya joylashgan kun, lekin qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda; - aksiyalarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga asosan amalga oshiriladi. - ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish boʻyicha anderrayterlar jalb qilinmaydi; - qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarni sotib olishda bankning imtiyozli aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni oʻzlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega boʻladilar. - imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran 14 (oʻn toʻrt) kun davomida amal qiladi. - bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqga ega aksiyadorlar roʻyxati ushbu aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana yaʼni 2024-yil 8-iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestri maʼlumotlari asosida tuziladi. - ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish bahosi – ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan imtiyozli xuquqqa ega aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish 1 700 (bir ming yetti yuz) soʻmdan amalga oshiriladi. Ushbu chiqarilishdagi imtiyozli aksiyalarni Bankning oddiy aksiyalariga ayirboshlash shartlari va tartibi: - ayirboshlash muddati: ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni Bankning oddiy aksiyalariga ayirboshlash, ushbu chiqarilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 72 oy oʻtganidan keyin amalga oshiriladi. - ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalar egasi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarga Bank boshqaruv organining ushbu chiqarilishdagi ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni Bankning oddiy aksiyalariga ayirboshlash toʻgʻrisidagi qaroriga asosan, aksiyalar soniga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va Bank Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi, yaʼni ayirboshlanadigan bitta imtiyozli aksiya Bankning bitta oddiy aksiyasiga ayirboshlanadi. - ushbu chiqarilishdagi ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni Bankning oddiy aksiyalariga ayirboshlash toʻgʻrisidagi Bank boshqaruv organining qarori ayirboshlash muddati tugagan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qabul qilinadi. - aksiyalar uchun toʻlovlar pul mablagʻlari bilan naqd va naqdsiz shaklda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi - soʻmda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga asosan, aksiyalarning imtiyozli sotib olish huquqi amal qilish davrida toʻlovlar, yuridik shaxslar uchun naqdsiz shaklda – pul oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar uchun naqd – bank kassasiga topshirish yoʻli bilan va naqdsiz shaklda – talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlari orqali, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin, bunda aksiyalar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar “Turonbank” ATB Toshkent shahar bank xizmatlari markazining quyidagi hisob raqamiga qabul qilinadi: H/r: 2983 0000 2000 0044 6354, MFO 00446, STIR 201 055 108; Bank joylashgan manzil: Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy. Aksiyalar uchun naqd shakldagi toʻlovlar “Turonbank” ATBning barcha bank xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilinadi; - aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, aksiyalar uchun toʻlangan pul mablagʻlari bank tomonidan 10 (oʻn) kun ichida aksiyadorlarga toʻliq qaytarib beriladi; - bankning qoʻshimcha aksiyalari chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorining asli bilan Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4A-uyda joylashgan Bosh Bankda hamda nusxalari bilan bankning barcha bank xizmatlari markazlarida tanishish mumkin; - qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborot Korporativ axborotlar yagona portalida (openinfo.uz), “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb saytida (www.uzse.uz (http://www.uzse.uz)) hamda “Turonbank” ATBning rasmiy veb saytida (www.turonbank.uz (http://www.turonbank.uz)) qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etiladi. “Turonbank” ATBning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi Qarori» va Aksiyalar emissiya risolasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash bank Boshqaruvi Raisi v.b Ch.S.Mirzayev zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bank Kuzatuv Kengash aʼzolari zimmalariga yuklatilsin.
F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Shaxs a’zosi hisoblangan emitent organining nomi/Наименование органа эмитента, членом которого является лицо/Name of the issuer's agency of which the person is a member To‘lov turi (haq va (yoki) kompensatsiyalar)/Вид выплаты (вознаграждения и (или) компенсация)/Type of payment (remuneration and (or) compensation) Hisoblangan summa (so‘m)/Начисленная сумма (сум)/Accrued amount (sum) Mablag‘lar hisoblangan davr/Период, за который начислены средства/The period for which the funds were accrued To‘lov nazarda tutilgan emitent hujjati/Документ, котором предусмотрена выплата/The document that provides for the payment

Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash/Избрание членов наблюдательного совета/Election of members of the Supervisory Board:

F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Ish joyi/Место работы/Place of work Lavozimi/Должность/Post Egamizdagi aktsiyalar turi/Тип принадлежащих акций/Type of shares held Egamizdagi aksiyalar soni/Количество принадлежащих акций/Number of shares owned Ovozlar soni/Количество голосов/Number of votes
Мирзаев Ч.С.
Бозоров Ш.Э.
Гайназарова Д.Т.