| 1 |
Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasining shaxsiy tarkibi quyidagi tarkibda tasdiqlansin: – Tangniberdiyev Nuriddin Ibragimovich – “Turonbank” ATB Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti direktori; – Talipov Alisher Kuchkarovich – “Turonbank” ATB Moliya bozoridagi operatsiyalar departamenti direktori v.b; – Vaxabov Eldor Baxtiyor oʻgʻli — “Turonbank” ATB Chakana biznes departamenti direktori |
| 2 |
Bank aksiyadorlarining navbatdagi, yillik hisobot umumiy yigʻilishining reglamenti tasdiqlansin. (Ilova -2) |
| 3 |
Bankning 2023 moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha hisoboti hamda 2023-yilda bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida bank Boshqaruvining hisoboti tasdiqlansin. (Ilova -3) |
| 4 |
Bankning 2023-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha tashqi audit xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin. (Ilova -4) |
| 5 |
Bank Kengashining 2023-yildagi faoliyati boʻyicha hisoboti hamda bankning rivojlanish strategiyasiga erishishi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin. (Ilova -5) |
| 6 |
Bankning 2022-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobi tasdiqlansin. (Ilova -6) |
| 7 |
Bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllanilgan chora-tadbirlar haqidagi hisoboti tasdiqlansin. |
| 8 |
Bankning 2023-yil yakunlari boʻyicha olingan 57 924 406 608,85 soʻm sof foydasi quyidagi tartibda taqsimlansin: - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 24-sonli Qarori bilan tashkil etilgan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga sof foydaning 10,0 foizi miqdorida, yaʼni 5 792 440 660,88 soʻm ajratilsin; - nominal qiymati 1 700 soʻm boʻlgan bir dona imtiyozli aksiyaga – 340 soʻmdan yoki nominal qiymatiga nisbatan 20 foiz miqdorida jami – 1 688 950 000,00 soʻm dividend toʻlansin; Dividend toʻlash muddatining boshlanish sanasi 2024-yil 8-iyul etib belgilansin va 2024-yil 30-avgustgacha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq toʻlab berilsin. - Bankning 2023-yil yakunlari boʻyicha olingan sof foydasining qolgan 50 443 015 947,97 soʻmi taqsimlanmagan foydada qoldirilsin. |
| 9 |
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankida Korporativ boshqaruv tizimini baholash maqsadida jalb qilingan “XB Finanse Konsulting”MCHJ tomonidan taqdim etilgan “Turonbank” ATBda 2023-yil yakuni bilan Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari tasdiqlansin. (Ilova -7) |
| 10 |
Bank aksiyadorlarining 2023-yil 26-iyundagi navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi tomonidan Bankning 2023- 2025-yillar uchun har yili aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan shartnoma shartlariga asosan toʻlov summasini qayta belgilash sharti bilan 3 yil muddatga tashqi auditori etib tasdiqlangan, davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida elektron savdolari natijasida eng maqbul va arzon taklif bergan tashqi auditorlik tashkiloti “Ernest&Young” kompaniyasi qayta tasdiqlansin va imzolangan shartnoma shartlariga asosan unga 2024-yil uchun toʻlanadigan hizmat haqqining eng koʻp miqdori QQS bilan 2 060 000 000,0 soʻm deb belgilansin. |
| 11 |
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida bankning kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar hamda yirik bitimlar roʻyhati tasdiqlansin hamda ularni amalga oshirilishi maʼqullansin. (8-ilova) |
| 12 |
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovich oʻrtasida uni ishga yollash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini bir yil muddatga uzaytirishga ruxsat berilsin. |