Avgust oyining yakuniga ko‘ra, "Toshkent" RFB birja kotirovkalash varag‘ida 94 ta emitent tomonidan chiqarilgan 154 ta moliyaviy instrument mavjud edi. Shundan:
- 82 ta oddiy aksiya;
- 37 ta imtiyozli aksiya;
- 35 ta obligatsiya.
Hisobot davrida birja kotirovkalash varag‘iga "Ipak Yo‘li" AITBning /IPYB2B6/ obligatsiyasi hamda "Davr Bank" XATBning /DRBK/ oddiy aksiyalari kiritildi.
Shuningdek, "Taminotchi-Paxta" AJning /TAPA/ aksiyalari ixtiyoriy delisting munosabati bilan birja kotirovkalash varag‘idan chiqarildi.