2026-yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Main-Board savdo maydonchasida obligatsiyalar savdosining umumiy hajmi 607 021,90 mln so‘mni, tuzilgan bitimlar soni esa 2 439 tani tashkil etdi.
Mazkur savdo maydonchasida eng katta savdo hajmi “UZUM SARMOYA” XK MChJning /UZUMS3B2/ obligatsiyalari hissasiga to‘g‘ri kelib, jami 457 269,20 mln so‘mlik bitimlar amalga oshirildi. Bu Main-Board savdo maydonchasida obligatsiyalar savdosi umumiy hajmining 75,33 foizini tashkil etdi.