"Toshkent" Respublika fond birjasida "HYT-CAPITAL" MCHJga Birja a’zosi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
2026-yil 7-iyuldan boshlab kompaniya 77-sonli brokerlik raqami ostida Birjaning a’zolari reyestriga rasman kiritildi hamda kapital bozorining professional ishtirokchisi sifatida o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi a’zoning Birja safiga qo‘shilishi fond bozorida raqobat muhitini rivojlantirish va investorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
"HYT-CAPITAL" MCHJ jamoasiga Birja a’zosi sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!