"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJning navbatdagi korporativ obligatsiyalari chiqariluvi birja kotirovkalash varag'iga kiritildi va 2026-yilning 30-iyunidan boshlab ushbu obligatsiyalar joylashtiriluvi boshlandi.
Emitentning rasmiy sayti: www.uzmrc.uz
Ushbu chiqariluv shartlari:
Umumiy hajmi: 700 000 000 000 sum
Obligatsiyalar soni: 700 000 dona.
Bir obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 sum
Kupon stavkasi: yillik 16,5%
Kupon to‘lovi davriyligi: har 3 oyda
Muomala muddati: 2 555 kun
Qimmatli qog‘oz kodi: UZ6056887AI4
Tiker: IQMK7B9