O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi ikkilamchi savdolari rasman boshlandi. Mazkur voqea mamlakatimiz milliy kapital bozori tarixida muhim bosqich sifatida muhrlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi PQ–303-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilib, mamlakatimiz kapital bozorini yangi bosqichga olib chiquvchi strategik qadam sifatida e’tirof etilmoqda.
UzNIF IPOsi nafaqat O‘zbekiston kapital bozori tarixidagi eng yirik ommaviy joylashtirishlardan biri bo‘ldi, balki 2026-yilda London fond birjasida amalga oshirilgan eng yirik IPO hamda Yevropa mintaqasida hajmi bo‘yicha ikkinchi yirik IPO sifatida ham qayd etildi.
Ikkilamchi savdolar Toshkent vaqti bilan Toshkent fond birjasida soat 09:30 da, London fond birjasida esa soat 12:00 da boshlandi.
Dastlab Toshkent fond birjasida UzNIF aksiyalari bilan savdolar ochilish narxi 5,39 so‘mni tashkil etdi. London fond birjasida esa 1 GDR qiymati 27,50 AQSH dollarida shakllandi va 1 GDR tarkibiga 64 700 dona aksiya kirishi hisobga olinganda, bir aksiyaning ekvivalent qiymati milliy valyutada taxminan 5,094 so‘mni tashkil etdi. Natijada, Toshkent fond birjasidagi savdolar ochilish narxi mazkur ko‘rsatkichdan yuqoriroq darajada shakllandi.
Joriy yilning 18-may kungi savdolar yakunlariga ko‘ra: