Xotira — millatning ma’naviy tayanchi, qadrlash esa inson sha’niga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatan ozodligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan barcha insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ularning jasorati, matonati va fidoyiligi xalqimiz qalbida abadiy saqlanadi. Bugungi tinch va farovon hayot — ana shu buyuk insonlarning jasorati va fidokorona xizmati samarasidir.
"Toshkent" Respublika fond birjasi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz!