Kecha “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–254-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
“Fond bozorining axborot-resurs markazi” MCHJning 100 foiz ulushini “Toshkent” Respublika fond birjasiga o‘tkazish hisobiga jamiyatda davlat ulushini oshirish;
Jamiyat ustav fondini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan 27 716 314 226,55 so‘mga oshirish;
Har birining nominal qiymati 2560 so‘m bo‘lgan 10 826 685 dona oddiy hujjatsiz aksiyalarni chiqarish;
Ushbu aksiyalarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga joylashtirish;
Aksiyalar uchun to‘lovni pul mablag‘lari bilan emas, balki “Fond bozori axborot-resurs markazi” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni kiritish orqali amalga oshirish.