“Toshkent” Respublika fond birjasi bozor ma’lumotlari 2024-yil 25-noyabrdan buyon Bloomberg terminali orqali taqdim etib kelinmoqda.
Avval xabar qilinganidek, Birja investorlar uchun kapital bozoriga oid kengaytirilgan tahliliy ma’lumotlar platformasini ishga tushirish ustida ish olib bormoqda. Ushbu tashabbus doirasida kecha Bloomberg kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, birjaning tahliliy ma’lumotlarini Bloomberg terminali orqali taqdim etishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini ijobiy baholab, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdilar. Ushbu hamkorlik xalqaro investorlar uchun mahalliy kapital bozori shaffofligini oshirish va axborot ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.