Qadrli ayollar, latofatli opa-singillar!
"Toshkent" Respublika fond birjasi jamoasi Sizlarni bahor faslining eng go‘zal ayyomi, nafosat bayrami bo‘lmish 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklaydi!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzi-baraka, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har kuningiz shodiyonalar bilan o‘tsin, har oningiz bahoriy bo‘lsin! Doimo bahor gullariday chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishingizga tilakdoshmiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!