“Ipoteka-bank” АTIBning (UZ7054570005) oddiy aksiyalari bo‘yicha savdolar tiklandi.
2026-yil 6–19-yanvar kunlari davomida «Toshkent» Respublika fond birjasining Main Board maydonchasida “Ipoteka-bank” АTIBning (UZ7054570005) oddiy aksiyalari kotirovkalarining sezilarli darajada o‘sishi qayd etilgan edi.
«Toshkent» Respublika fond birjasida Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga muvofiq, narxlarning keskin va asoslanmagan o‘zgarishi holatlarida savdolarni to‘xtatib turish nazarda tutilganligi sababli, 2026-yil 21-yanvar sanasidan boshlab bankning mazkur aksiyalari bo‘yicha savdolar to‘xtatilgan.
Savdo qoidalarining 1688-2-bandiga ko‘ra, Birjaning nazorat komissiyasi yuzaga kelgan bozor vaziyatini har tomonlama tahlil qildi.
Birinchi bosqichda kompleks tahlilni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy omillar o‘rganildi:
Savdo faoliyatini doimiy monitoring qilish doirasida Birja tomonidan “Ipoteka-bank” АTIBning oddiy aksiyalari bo‘yicha savdolarda ishtirok etgan investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar chuqur tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshirilgan savdolar yuzasidan ijobiy ma'lumotlar taqdim etilgan.
Savdo qoidalarining 1688-3-bandiga asosan, nazorat komissiyasi tomonidan o‘rganish natijalari va barcha holatlar inobatga olingan holda, "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan “Ipoteka-bank” АTIBning (UZ7054570005) oddiy aksiyalari bo‘yicha savdolarni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, savdolar 2026-yil 28-yanvardan boshlab 2026-yil 20-yanvarda shakllangan yopilish narxi asosida qayta tiklandi.