"Toshkent" Respublika fond birjasi jamoasi matonatli va shijoatli harbiy xizmatchilarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizlarning Vatanga sadoqat bilan bajarayotgan fidokorona xizmatingiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi jasoratingiz yuksak ehtiromga sazovordir. Har biringiz o‘z burchingizni sharaf bilan ado etib, yurt himoyasining mustahkam tayanchi bo‘lib kelmoqdasiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy osoyishtalik va mas’uliyatli xizmatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.