Toshkent Respublika fond birjasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, ayniqsa kapital bozori va investitsiyalarga oid bilimlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun hamkorlikni institutsional asosda mustahkamlash zarurligini qayd etdilar.
Tomonlar o‘quv kurslari, seminar va treninglarni qo‘shma tarzda tashkil etish bo‘yicha umumiy yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash va ikki tomonlama Memorandum tayyorlash, shuningdek amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldilar.