2025-yil 2-iyundan
boshlab "Toshkent" Respublika fond birjasida savdo qoidalarining
yangilanishlari kuchga kiradi.
O‘zgartirishlar
tartib-taomillarni soddalashtirish, shaffoflikni oshirish va xalqaro amaliyotga
moslashtirishga qaratilgan.
Asosiy yangiliklar:
- REPO bitimlari muddatlarining yagona
diapazoni - 1 kundan 360 kungacha;
- blok-bitimlar va aksiyalarning yirik
paketlarini joylashtirish shartlarini aniqlashtirish;
- FoP Board seksiyasining funksionalini
cheklash - u faqat qo‘shimcha nashrlarni joylashtirish va davlat paketlarini
begonalashtirish uchun ishlatiladi;
- muzokaralar rejimida nazorat va
mas’uliyatni kuchaytirish;
- huquqiy aniqlikni oshirish uchun tahririy
tuzatishlar.
Bundan tashqari, Listingdan tashqari savdo
maydonchasida (LTSM) savdo qilish qoidalari va Birjaga a’zolik to‘g‘risidagi
nizomga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlar loyihasi 2025-yil 1-maydan
15-maygacha jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Yangilangan hujjatlar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘proq bashorat qilish, shaffoflik va xalqaro amaliyotga muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan.