2023 yil 28 aprel - Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni. “Toshkentning xalqaro moliya markazi sifatidagi salohiyati, imkoniyatlari va ustuvor qadamlari” mavzusidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili yig‘ilishda so‘zga chiqib, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ko‘proq investorlarni jalb qilish uchun moliya bozorini rivojlantirish muhimligini va mahalliy kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ta’kidlamoqda.

