"Toshkent" Respublika fond birjasi jamoasi barchangizni Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi!
9 may sanasi bu bizning ajdodlarimiz jang qilib g'alaba qozongan ulug' kunlaridir! Biz ularning qaxramonliklarini va fidoiyliklarini xech qachon yodimizdan chiqarmaymiz. Shu bilan birga bu kun bizlarga musaffo osmon va tinchlik ne'matini qadrlashni, faxriylarimizni va yaqinlarimizni ardoqlashni o'rgatadi.
Bayramingiz muborak bo'lsin Aziz yurtdoshlar!
Biz doimo yodimizda saqlaymiz, qadrlaymiz va sharaflaymiz!