"Fayz reestr" MChJ kapital bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini 2026-yil 10-sentyabrdan ixtiyoriy ravishda tugatilishi bilan bog‘liq "Toshkent" Respublika fond birjasiga murojaat kelib tushganligini ma’lum qilamiz.
Murojaatda jamiyatning elektron bazasida qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari hisobi yuritilayotgan mijozlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘larini boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq taqdim etishlari mumkinligi bildirilgan.
Shuningdek, 15-sentyabrdan boshlab boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari "Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi"AJga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Murojaat uchun telefon: +998 97 317 33 77