Avval xabar qilinganidek, “Trastbank” XAB aksiyalarini 1:1 koeffitsiyent asosida kapitallashtirish bo‘yicha korporativ harakatlarni amalga oshirish munosabati bilan emitentning oddiy (UZ7033480003) va imtiyozli (UZ703348K011) aksiyalari bilan savdolar 2026-yil 14-avgustdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Kapitallashtirish jarayoni yakunlanib, qimmatli qog‘ozlar bozorining Yagona dasturiy-texnik majmuasida (YaDTM) tegishli o‘zgartirishlar amalga oshirilgani munosabati bilan 2026-yil 25-avgustdan boshlab “Trastbank” XABning oddiy va imtiyozli aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi.
Kapitallashtirish natijasida 1:1 koeffitsiyent hisobga olingan holda aksiyalarning oxirgi yopilish narxlari qayta hisoblanib, oddiy aksiya (UZ7033480003) narxi 16 500 so‘mdan 8 250 so‘mga, imtiyozli aksiya (UZ703348K011) narxi esa 190 000 so‘mdan 95 000 so‘mga o‘zgartirildi.