Korrupsiyaga qarshi kurashish
«Toshkent» Respublika fond
birjasi AJ faoliyatida korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Birja o‘z faoliyatini qonuniylik, halollik, ochiqlik va shaffoflik
tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Agar Birja xodimlari tomonidan
sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi yoki
boshqa qonunga xilof xatti-harakatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz,
shuningdek korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzasidan
murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali Birjaga murojaat
qilishingiz mumkin.
Murojaat
yuborish usullari
Elektron
pochta orqali:
compliance@uzse.uz
info@uzse.uz
Telefon orqali:
+998
55 510-03-00 (ichki: 310)
+998
55 500-99-95
Shuningdek,
murojaatlarni Birjaning rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan boshqa aloqa kanallari
orqali ham yuborishingiz mumkin.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
Korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar hamda boshqa qonunbuzilish holatlari yuzasidan kelib
tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Birjaning
ichki hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib
chiqiladi.
Muhim eslatma
Anonim
murojaatlar bo‘yicha murojaat qiluvchi bilan qayta aloqa o‘rnatish imkoniyati
mavjud emas. Shu sababli bunday murojaatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot
so‘rash yoki ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida javob taqdim etish imkoni
bo‘lmasligi mumkin.
Ko‘rib
chiqish uchun qabul qilinadigan murojaatlar
·
Jismoniy va yuridik shaxslardan quyidagi mazmundagi
murojaatlar qabul qilinadi:
·
Birja xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari
to‘g‘risidagi xabarlar;
·
Birja xodimlarining xizmat faoliyatida manfaatlar
to‘qnashuvi holatlari to‘g‘risidagi xabarlar;
·
Amaldagi qonunchilikka muvofiq korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasiga oid boshqa murojaatlar.
Maxfiylik
kafolati
Murojaat qiluvchilarning shaxsi hamda taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Birjaning ichki hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.
Xalqaro standartlarga
muvofiqlik
«Toshkent» Respublika fond birjasi AJ faoliyatida
boshqaruv tizimlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish,
korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda xizmatlar sifatini uzluksiz
oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Birjada xalqaro standartlar talablariga muvofiq
menejment tizimlari joriy etilgan bo‘lib, ularning muvofiqligi mustaqil
sertifikatlash organlari tomonidan tasdiqlangan.
ISO37001:2016 — Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi
Sertifikat
berilgan sana:
2024-yil 26-yanvar
Mazkur xalqaro standart tashkilotda korrupsiyaga oid
xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularning oldini olishga qaratilgan
samarali boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Sertifikat Birjada
korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartlar talablariga muvofiq
tashkil etilganini tasdiqlaydi.
ISO 9001:2015— Sifat menejmenti tizimi
Sertifikat
berilgan sana:
2023-yil 19-dekabr
Mazkur xalqaro standart xizmatlar sifatini boshqarish, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar va bozor ishtirokchilari ehtiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha talablarni belgilaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va monopoliyaga qarshi tartibga solish boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 7 iyuldagi Qonuni, OʻRQ № - 158 «Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (NEW YORK, 2003 yil 31 oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi Qonuni, OʻRQ № - 419 «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi Qonuni, OʻRQ № - 684 «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi Qonuni, OʻRQ № - 445 «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son farmoni «Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF – 5729 -son farmoni «Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PF – 81 – son farmoni «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PF – 200 – son «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi Qonuni, OʻRQ № - 850 «Raqobat toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF – 6018 – son farmoni «Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 1-son qarori 114 «Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida».
«Toshkent» RFB AJning ichki hujjatlari
| HUJJAT NOMI | SANA | HARAKAT |
|---|---|---|
«Toshkent» RFB AJning korrupsiyaga qarshi siyosati birja faoliyatidagi korrupsiya holatlarining oldini olishga va ularga chek qoʻyishga qaratilgan birja risklarini boshqarish va ichki nazorat tizimining bir qismi hisoblanadi; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFB AJning Korporativ axloq kodeksi va kasbiy etika kodeksi birja xodimlari tomonidan amal qiladigan birja qadriyatlari, uning missiyasi va madaniyatini aks ettiradi, biznes hamkorlariga ishbilarmonlik etikasi va rioya etish tamoyillariga sodiqligini eʼlon qiladi. tartibga solish standartlari bilan; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFB AJning manfaatlar toʻqnashuvlarini hal qilish siyosati birja xodimlari oʻrtasida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvlarini aniqlash va hal etish tartibini belgilashga, shaxsiy manfaatlar, shaxsiy manfaatlarning ularning mehnat vazifalarini bajarishdagi taʼsirini cheklashga qaratilgan; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFB AJning huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabardor qilish siyosati birja xodimlari oʻrtasida huquqbuzarliklar va suiisteʼmolliklarning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va oqibatlarini minimallashtirish, korporativ madaniyat darajasini, Xodimlar oʻrtasida xulq-atvor standartlari va ularning bir-biriga munosabatini oshirishga qaratilgan; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFB AJda korrupsiya holatlari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun aloqa kanallari orqali olingan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash qoidalari Birja xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsion xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi kiruvchi xabarlar bilan ishlashning asosiy tamoyillarini aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish va oqibatlarini minimallashtirish uchun belgilaydi, xodimlar birlashmalari oʻrtasidagi huquqbuzarliklar va suiisteʼmolliklar; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFK AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom Birjada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va vazifalarni amalga oshirish uchun birja Kuzatuv kengashi huzuridagi maslahat-maslahat organi; | — | Yuklab olish |
«Toshkent» RFK AJda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisida»gi Nizom Birjada monopoliyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etish, faoliyat yuritish va monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi. | — | Yuklab olish |