O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-sonli "Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida ipoteka obligatsiyalarini bosqichma-bosqich muomalaga chiqarish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugun "Toshkent" Respublika fond birjasida "O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ huzuridagi "UMRC SPV" MCHJ tomonidan chiqarilgan ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha uchinchi birja bitimi amalga oshirildi.
Mazkur bitim doirasida 40,40 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari Milliy bank ishtirokida yopiq obuna orqali joylashtirildi.
Mazkur bitim yakunlari bo‘yicha "UMRC SPV" MCHJ tomonidan joylashtirilgan ipoteka obligatsiyalarining umumiy hajmi 121,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur bitim ipoteka obligatsiyalarini birja orqali joylashtirish mexanizmi izchil rivojlanayotganini hamda ushbu moliyaviy instrument kapital bozorida bosqichma-bosqich joriy etilayotganini tasdiqlaydi.