“Toshkent” Respublika fond birjasi vakillari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) o‘tkazilgan an’anaviy “Mehnat yarmarkasi – 2026” tadbirida ishtirok etdi.
Mazkur tadbir talabalar va bitiruvchilar uchun ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, kasbiy rivojlanish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.
Joriy yilda 16-marotaba tashkil etilgan yarmarkada 3000 nafardan ortiq ishtirokchi hamda 150 dan ziyod ish beruvchi qatnashdi. Ular orasida yirik kompaniyalar, davlat muassasalari, banklar, agentliklar va xalqaro tashkilotlar mavjud.
Tadbir davomida birja vakillari ishtirokchilarga kapital bozori, investitsiya imkoniyatlari va fond bozoridagi kasbiy yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
“Toshkent” Respublika fond birjasi yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va moliya bozoriga qiziqishni oshirishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishni davom ettiradi.