“Toshkent” RFB qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish doirasida investorlar uchun kengaytirilgan tahliliy ma’lumotlar platformasini yaratishni boshladi.

Qisqa fursatlarda Birjaning yangi platformasi orqali emitentlar va ularning qimmatli qog'ozlariga doir quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar taqdim etib borilishi rejalashtirilgan:

Yangi yondashuv investorlar va bozor ishtirokchilariga emitentlarni xalqaro standartlar asosida baholash, moliyaviy instrumentlarni chuqur tahlil qilish hamda investitsiya qarorlarini yanada asosli va samarali qabul qilish imkonini beradi.