“Tadbirkorlikni
rivojlantirish kompaniyasi”aksiyadorlik jamiyati tomonidan Korporativ
boshqaruv kodeksi va Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv
qoidalari tavsiyalarini oʻz faoliyatiga qabul qilganligi toʻgʻrisidagi
XABARNOMA
“Tadbirkorlikni rivojlantirish
kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shuni maʼlum qiladiki, Jamiyat yagona
aksiyadorining 2024-yil 31-iyuldagi 4-2024-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan
2024-yil 1-avgustdan boshlab, Aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini
takomillashtirish komissiyasi yigʻilishining 2015-yil 31-dekabrdagi № 9 sonli
bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga va
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 23-iyundagi 145- sonli
buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun
korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya qilish majburiyati
qabul qilindi.