2022 yil 12 sentyabrdagi
"Toshkent" RFB AJ boshqaruv qarori bilan "O'zagrolizing" AJ
korporativ obligatsiyalari "Toshkent" RFB birja kotirovkalash
varag'ining obligatsiyalar bozori "Bond Market" segmentiga UZAL2 birja tikkeri bilan kiritildi.
"O'zagrolizing"aksiyadorlik
jamiyat:
"O'zagrolizing"
aksiyadorlik jamiyati 1999 yil 30 oktyabrda tashkil etilgan.
Jamiyatning asosiy faoliyat: turi-qishloq
xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va xizmat ko'rsatadigan
korxonalarga zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib
berish, Respublikaning qishloq xo'jaligiga yetkazib beriladigan uskunalarning
75 foizi "O'zagrolizing" AJga to'g'ri keladi (www.uzal.uz jamiyat rasmiy veb sayti
ma’lumitlari asosida).
"O'zagrolizing" AJ
aksiyalari (oddiy va imtiyozli) 04.03.2013 yildan boshlab birja kotirovkalash
varag’iga kiritilgan va hozirda aksiyalar bozori "Stock Market" segmentining
"Tranzit" kategoriyasida joylashgan.
AO "O'zagrolizing"
obligatsiyalari haqida qisqacha ma'lumot /UZAL2/
Ushbu korporativ
obligatsiyalar chiqarilishi "O'zagrolizing" AJ uchun birinchi
hisoblanadi va ushbu chiqarilish
anderrayteri "SQB Securities" MCHJ hisoblanadi.
Obligatsiyalar chiqarilishining umumiy hajmi 50 mlrd.
so'm.
Obligatsiyaning nominal qiymati 1 million so'm.
Obligatsiyalar soni 50 000 dona.
Obligatsiyalarning kupon (foiz) stavkasi - yillik 23%.
Chiqarilgan korporativ
obligatsiyalar muddati 546 (besh yuz qirq olti) kunni tashkil etadi va bu
muddat 6 ta oraliq davrga bo’linadi, foizlar bo'yicha daromadlarni to'lash 91
kun (chorak) dan iborat.
