“Toshkent” RFB Boshqaruvining 2022-yil 15-avgustdagi “Muborak
paxta tozalash” AJ oddiy aksiyalari (UZ7052350004) MKPT (oddiy aksiyalar uchun)
birja tikeri bilan “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag’ining aksiyalar bozori
“Stock Market” segmentining “Tranzit” toifasiga kiritish to‘g‘risidagi qaroriga
asosan 2022-yil 17-avgustdan savdolarga qo‘yildi.
“Muborak paxta tozalash” Aksiyadorlik jamiyati:
2014-yil 19-avgustda Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish Inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan.
Jamiyat
faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiy faoliyatdan foyda olish bo’lib, faoliyat
predmeti:
-
paxta
xomashyosini sotib olish va qayta ishlash hamda paxta mahsulotlarini eksport va
ichki bozorga yetkazib berish;
-
paxta
chigiti xomashyosini sifatli qabul qilish, saqlash va qayta ishlashni tashkil
etish, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni yuqori sifatli g‘o‘za navlarining
urug‘lari bilan ta’minlashdan iborat.
2022
yil 1-chorak yakunlariga ko’ra jamiyat ustav fondi - 1
681 290 ming so’mni,
sof tushum - 3 948 572 ming so’mni va sof
foyda - 1 241 780 ming so’mni tashkil etdi.
Jamiyat ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy
ko’rsatgichlari to’g’risidagi ma’lumotlar “Muborak paxta tozalash” AJ tomonidan taqdim etilgan hisobotlar
asosida shakllantirilgan.