“Toshkent”
RFB Boshqaruvining 2022-yil 5-avgustdagi “Ohangaron don” AJ oddiy aksiyalari
(UZ7023190000) OHDN (oddiy aksiyalar uchun) birja tikeri bilan “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag’ining aksiyalar bozori “Stock Market”
segmentining “Transit” toifasiga
kiritish to‘g‘risidagi qaroriga asosan 2022-yil 8-avgustdan savdolarga qo‘yildi.
“Ohangaron
don” Aksiyadorlik jamiyati:
“Ohangaron don” AJ 1995 yilda mehnat jamoasi
tashabbusi bilan davlat mulkini qayta shakillantirish natijasida tashkil
etilgan.
Jamiyat
faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiy faoliyatdan foyda olish bo’lib, faoliyat
predmeti:
-
un, omixta yem, makaron, urug’lik materiali ishlab chiqarish va sotish;
-
don mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish.
2021
yil yakuni bo’yicha jami
- 86 007 tonna un mahsuloti,
40 702 tonna omixta em mahsuloti, 11 908 tonna urug’lik bug’doy ishlab chiqarilgan va sotilgan.
2022 yil 1-chorak yakunlariga ko’ra jamiyat ustav fondi - 19
25 938 ming
so’mni,
sof tushum
- 63 040 703 ming so’mni va sof foyda - 430 954 ming
so’mni tashkil etdi.
Jamiyat ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy ko’rsatgichlari to’g’risidagi ma’lumotlar “Ohangaron don” AJ tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida shakllantirilgan.