Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida
Xabarnoma
2019 yii 1
yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'Igan davr uchun
"Rioya qil yoki tushuntir" ("comply or explain") xalqaro
tamoyilida e'lon
"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv lcodeksi tavsiyalariga aksiyadorlar umumiy yig'ilishining 2016 yil 30 iyundagi qaroriga asosan o'zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holcla ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.
2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr mobavnicla "O'zbekiston temir yo'llari" AJ o'z faoliyatini korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib bordi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko'zlaydi.
Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba'zi istisnolar bilan amalga oshirildi.
III. Kodeksning V bo'Iimi 22-bandi:
4-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo'llaydi.
Shu bilan birga, kelajakda, yangi talablami hamda maqsadga muvofiqlikni inobatga olib, "O'zbekiston temir yo'llari" AJda boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlardan foydalanish, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
V. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:
10-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, jamiyat boshqaruv organlari AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas'ul bo'lgan va kuzatuv Kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etadi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyatning korporativ maslahatchisi to'g'risida Nizom tasdiqlandi. Hozirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo'yicha alohida lavozim tashkil etilgan. Bundan tashqari, har yili birja korporativ boshqaruv tizimini baholash o'tkaziladi. Korporativ boshqaruv kodeksi me'yorlariga rioya etish natijalari Kuzatuv kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.
T. Shevchenko ko'chasi, 7.