- Ariza va hujjatlarni topshirish (info@uzse.uz elektron manziliga yoki Birja devonxonasiga)
- Emitent arizasi va boshqa hujjatlarini ko'rib chiqish, emitent moliyaviy holatini va qimmatli qog'ozlari likvidlilik holatini baholash (5 ish kuni davomida)
- Listing bo'limi tomonidan birja Boshqaruv a'zolari uchun emitent qimmatli qog'ozlarini birja kotirovkalash varog'iga kiritish yoki kiritishni rad etish tavsiyalari keltirilgan Xulosani tayyorlash (2 ish kuni davomida)
- Birja Boshqaruvi tomonidan emitent qimmatli qog'ozlari birja Listing talablariga mos kelishi yoki rad etish to'g'risidaqaror qabul qilishi (2 ish kuni davomida)
- 2 nusxada shartnoma jo'natish. Jo'natilgan shartnomani qabul qilib olingandan so'ng imzolab, Birjaning nusxasini qayta yetkazib berishga 30 kalendar kuni beriladi
- Shartnoma imzolangan va yillik Listing to'lovi to'langanidan so'ng birja Boshqaruvi qimmatli qog'ozlarni birja kotirovkalash varog'iga kiritish uchun qaror qabul qiladi.
- birja Boshqaruv qarori asosida emitent qimmatli qog'ozlarini birja kotirovkalash varog'iga kiritish (1 ish kunidan kechikmay)
- Ariza va hujjatlarni topshirish (info@uzse.uz elektron manziliga yoki Birja devonxonasiga)
- 2 nusxada shartnoma jo'natish. Jo'natilgan shartnomani qabul qilib olingandan so'ng imzolab, Birjaning nusxasini qayta yetkazib berishga 30 kalendar kuni beriladi.
- Shartnoma imzolangan va yillik Listing to'lovi to'langanidan so'ng birja Boshqaruvi qimmatli qog'ozlarni birja kotirovkalash varog'iga kiritish uchun qaror qabul qiladi.
- Birja Boshqaruv qarori asosida emitent qimmatli qog'ozlarini birja kotirovkalash varog'iga kiritish (1 ish kunidan kechikmay)