1 |
1. Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasini oshirish maqsadida korporativ obligatsiyalarning ikkinchi chiqariluvini muomalaga chiqarilishiga ruxsat berilsin. 2. Obligatsiyalarni muomalaga chiqarish miqdori, shartlari, muddatlari va obligatsiyalar bo’yicha daromadni belgilash tartibi quyidagicha belgilansin: chiqarilishdagi obligatsiyalarning miqdorini bankning o’z kapitali miqdori doirasida belgilash uchun egasining nomi yozilgan diskontlik, hujjatsiz shaklda, 50 000 (ellik ming) dona, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so’mdan bo’lgan, umumiy summasi 50 000 000 000 (ellik milliard) so’m deb belgilansin; obligatsiyaning daromadi nominal qiymati boʻyicha belgilangan muddatda soʻndirish hisobiga amalga oshirish, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal qiymati oʻrtasidagi farq hisobiga, ya’ni diskont orqali har bir obligatsiyani joylashtirishni boshlash sanasida 819 672,13 (sakkiz yuz o’n to’qqiz ming olti yuz yetmish ikki so’m 13 tiyin) so’mdan boshlab joylashtirilsin hamda keyingi har bir joylashtirish bahosi - boshlang’ich bahosiga kunlik diskont qiymati qo’shilgan narx bo’yicha joylashtirilsin; mazkur chiqarilishdagi korporativ obligatsiyalar soni cheklanmagan investorlar o’rtasida ommaviy usulda (ochiq obuna yo’li bilan) joylashtiruvi amalga oshirilsin; obligatsiyalarni joylashtirish muddati – mazkur chiqarilishdagi obligatsiyalar qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab bir yil davomida joylashtiruvi amalga oshirilsin; obligatsiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – obligatsiyalarning chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi xabar ommaviy axborot vositalariga eʼlon qilingan sanadan boshlab 15 (o’n beshinchi) kundan hisoblansin. Agar obligatsiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi bank hisob-kitob operatsiyalari uchun dam olish kuniga to’g’ri kelsa, bu holda obligatsiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi ushbu kunlardan keyingi birinchi ish kuniga ko’chirilsin; obligatsiyalarning joylashtirishning tugash sanasi – mazkur chiqarilishning so’nggi obligatsiya joylashtirilgan kun. Biroq obligatsiyalarni joylashtirishni yakunlanish sanasi, mazkur chiqarilish qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab bir yildan oshmasligi lozim; ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar uchun to’lovlar qimmatli qog’ozlarning uyushgan savdo tashkilotchisi qoidalariga muvofiq tuziladigan bitimlar asosida naqdsiz pul o’tkazish yoʻli bilan hisob-kitoblarni O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshirish. Obligatsiyalar bo’yicha pulsiz vositalar bilan to’lovlar amalga oshirilmasin; obligatsiyalarning muomala muddatini – obligatsiyalar joylashtirilishi boshlangan sanadan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun qilib belgilash. Mazkur muddat yakuni bo’yicha obligatsiyalar uchun toʻlov sifatida olingan pul mablag’larni, shuningdek to’lanishi lozim bo’lgan diskont ko’rinishidagi daromadlarni to’lash amalga oshirilsin; ushbu obligatsiyalarning muomala muddati yakunlangan sanasi bo’yicha har bir obligatsiya egasiga sotish bahosi va obligatsiyaning nominal qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga daromad belgilansin; obligatsiyalar boʻyicha diskont ko’rinishdagi daromadlar bank tomonidan tegishli davrning oxirgi sanasida tuzilgan obligatsiyalar egalari reestrida ro’yxatdan oʻtgan obligatsiya egasiga to’lab berilsin, bunda: • bitta obligatsiyani diskont orqali joylashtirish quyidagi formula bo’yicha aniqlansin: N / (1+ P ) = Dn, bunda: Dn – obligatsiyani joylashtirish narxi; N – obligatsiyaning nominal qiymati – 1 000 000 so’m; 1 – obligatsiyani muomalada bo’lish yili – 1 yil; P – diskont orqali joylashtirishdagi yillik foiz stavkasi – 22 %. 1 000 000 / (1+22%) = 819 672,13 so’m. **Izoh: Joylashtiriladigan obligatsiya summasi bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilanadi. • bir obligatsiyaga kunlik diskont ko’rinishdagi daromadlarini hisoblash quyidagi formula bo’yicha aniqlansin: Dn * (P / 365) * Y = X, bunda: X – joylashtirilgan obligatsiya bo’yicha daromadi; Dn – obligatsiyani joylashtirish narxi - 819 672,13 so’m; P – diskont orqali joylashtirishdagi yillik foiz stavkasi – 22 %. 365 – obligatsiyani muomalada bo’lish kuni – 365 kun; Y – obligatsiyaning turgan bir kunligi – 1 kun; 819 672,13 * (22% /365) * 1 = 494,05 so’m. **Izoh: diskont ko’rinishdagi daromad miqdori bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilanadi. 3. Obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish ehtimoli va shartlarini belgilash tartibi quyidagicha belgilansin: obligatsiyalarni soʻndirish sanasi, joylashtirishni boshlanish sanasidan boshlab 366 (uch yuz oltmish oltinchi) kunga o’tgan kun deb hisoblansin; obligatsiyalarini muddatidan oldin so’ndirish, obligatsiyalar joylashtirilgan sanadan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kundan ilgari soʻndirishni amalga oshirish mumkin emas deb belgilash, bunda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi, obligatsiyalarni joylashtirish muddatlarida joylashtirilmasligi, bank o’z kapitali miqdori kamaytirilganda va/yoki bank qayta tashkil etilgan va tugatilish hollari bundan mustasno deb belgilansin; bank obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish to’g’risida vaziyatlar yuzaga kelganda, bank Kuzatuv kengashiga bank qonunchilikda va mazkur bo’liming birinchi xat boshisida ko’zda tutilgan holatlari yuzaga kelganda obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish to’g’risida tegishli qaror qabul qilish vakolatini berilsin; mazkur obligatsiya egalarining obligatsiyalarini muddatidan oldin so’ndirish to’g’risida vaziyatlar yuzaga kelganda, muddatidan oldin so’ndirish bo’yicha Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysiga ushbu obligatsiyalarni harakatsizlantirish hamda obligatsiyalarni harakatsizlantirish sanasiga obligatsiya egalari reestrini tuzish bo’yicha topshiriqnoma berilsin; bank obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish to’g’risida obligatsiya egalarini 10 (o’n) kun oldin yozma shaklda obligatsiya egalarining reestrida aks ettirilgan maʼlumotlari (manzillari) bo’yicha xabardor qilinsin; bank obligatsiya egalariga obligatsiyaning dastlabki joylashtirish qiymati hamda ushbu obligatsiya bo’yicha hisoblangan diskont ko’rinishidagi daromadlarini bank Kuzatuv kengashi qaror qabul qilgan kundan boshlab 10 (o’n) kun ichida Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariydan olingan obligatsiya egalari reestrida ko’rsatilgan bank rekvizitiga o’tkazib berishni amalga oshirilsin; bank obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish bo’yicha bankning Kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan kunidan boshlab, mazkur obligatsiyalarga to’lovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun qo’shimcha to’lovlar to’lanmasin; obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish boʻyicha yuqorida ko’rsatilgan shartlar yuzaga kelgan kundan 2 (ikki) ish kuni ichida O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), bankning rasmiy veb-sayti (www.hamkorbank.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) ushbu fakt to’g’risida rasmiy xabarni eʼlon qilib, maʼlumotlarni obligatsiya egalariga yetkazilsin; bank tomonidan ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalarni muomala muddati davomida birja va birjadan tashqari savdolarida qayta sotish maqsadida sotib olishi va boshqa investorlarga sotishi mumkinligini belgilansin. 4. Obligatsiyalarni chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda bank tomonidan obligatsiyalar uchun to’langan mablag’larning qaytarish tartibi quyidagicha belgilansin: obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Biznes Daily “Birja” gazetasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), bankning rasmiy veb-sayti (www.hamkorbank.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) belgilangan tartibda oshkor qilinsin; obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab 10 (o’n) kun ichida obligatsiyalar egalarining reestri asosida, obligatsiyalar uchun to’langan mablagʻlar va yig’ilgan diskont to’lovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda investorlarga qaytarilsin; obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan paytdan eʼtiboran bank ushbu qaror asosida chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha diskont ko’rinishidagi daromadlarni hisoblash to’xtatilsin; bank tomonidan obligatsiya egalariga obligatsiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganidan so’ng, to’lovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun diskont ko’rinishidagi daromadlarni to’lanmasin. 5. Bank tomonidan obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishiruvchi to’lov agenti quyidagicha belgilansin: Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar bo’yicha majburiyatlarni naqd pulda to’lanishi ko’zda tutilmaganligi sababli to’lov agenti jalb etilmaydi. 6. Obligatsiyalarni joylashtirish jarayoni bo’yicha anderrayter (anderrayterlar guruhi) tanlash hamda tegishli axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish quyidagicha belgilansin: obligatsiyalarni joylashtirish bo’yicha xizmatlar, shu jumladan anderrayter xizmatlarini ko’rsatuvchi “HBCapital” masʼuliyati cheklangan jamiyati investitsiya vositachisini jalb qilgan holda amalga oshirilsin; bank Boshqaruv raisiga “HBCapital” MCHJ oʻrtasida anderrayterlik shartnomasini rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin; obligatsiyalarni joylashtirish bo’yicha axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish va investorlarni emissiya hujjatlari bilan tanishtirish quyidagicha amalga oshirilsin: • obligatsiyalarni chiqarilishi davlat ro’yxatidan oʻtkazilganligi to’g’risidagi axborot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), bankning rasmiy veb-sayti (www.hamkorbank.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) oshkor qilinsin; • obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarorning asl nusxalari bilan bankning maʼmuriy binosida, haftaning ish kunlari soat 900 dan 1800 gacha bo’lgan vaqt davomida tanishtirilsin. |