"Toshkent"
RFB AJ 2025 yil 28 noyabr kuni jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari
Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
1.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi raisi va kotibini saylash
2. Sanoqa komissiyasining
son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash.
4.
"Toshkent" RFB AJning yangi tahrirdagi Tashkiliy tuzilmasini
tasdiqlash.
Jamiyatning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 1000170,
Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy.
Jamiyatning
elektron manzili: info@uzse.uz
Yig‘ilish
o‘tkaziladigan manzil: O‘zbekiston
Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi,
107-uy.
Aksiyadorlarni
ro‘yxatga olish: kunning o‘zida va yig‘ilish
o‘tkaziladigan joyda soat 14-00 dan 15-00 gacha.
Yig‘ilish
boshlanish vaqti: 15-00
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok
etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishida o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida
aksiyadorning vakili tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ish
ko‘radi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ovoz berish "jamiyatning bitta ovoz beruvchi aksiyasi - bitta ovoz"
tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari bilan
amalga oshiriladi.
Boshqa axborotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida
xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025 yil 29 oktyabr holatiga
shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2025 yil 24 noyabr holatiga
shakllantiriladi.
Aksiyadorlar yig‘ilish materiallarini ish
kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha quyidagi manzilda olish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik
shoh ko‘chasi, 107-uy. Murojaat uchun telefon: (90) 982-44-48.