"Toshkent"
RFB AJ Kuzatuv kengashi
qaroriga
ko’ra 2024-yil 23-dekabrdagi
7-sonli Bayonnomasi bilan
"TASDIQLANGAN"
"TOSHKENT"
RESPUBLIKA FOND
BIRJASI BIRJA KOTIROVKALASH VARAG‘I TO‘G‘RISIDAGI
n i z o
m
(yangi tahrirda)
Toshkent - 2024-yil
MUNDARIJA
II. BIRJA KOTIROVKALASH VARAG‘I VA UNING TUZILMASI
III. QIMMATLI QOG‘OZLAR LISTING JARAYONI
IV. SHARTNOMA TUZISH VA QIMMATLI QOG‘OZLARNI BIRJA KOTIROVKALASH VARAG’IGA
KIRITISH JARAYONI
V. QIMMATLI QOG‘OZLARNI BIRJA KOTIROVKALASH VARAG’IGA KIRITISH
VA UNDA TURISH UCHUN LISTING TO’LOVI
VII. QIMMATLI QOG‘OZLARNING BIRJA KOTIROVKALASH VARAG‘IDA TURISH
SHARTLARI
IX. QIMMATLI QOG‘OZLAR DELISTINGI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom "Birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida", "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga, qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga,
"Toshkent" Respublika fond birjasi (keyingi o‘rinlarda "Toshkent"
RFB deb ataladi) aksiyadorlik jamiyati Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan va qimmatli
qog‘ozlarni "Toshkent" RFBning birja kotirovkalash varag‘iga kiritish
va unda turish, shuningdek ularni "Toshkent" RFBning birja kotirovkalash
varag‘idan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan
foydalaniladi:
Birja
- RFB "Toshkent";
birja kotirovkalash varag‘i - listing jarayonidan o‘tgan va fond birjasida
savdolarga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxati;
qimmatli
qog‘ozlar listingi - emitentning qimmatli
qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘iga kiritish tartibi;
birlamchi ommaviy taklif (IPO) - aksiyadorlik jamiyati (IPO tashkilotchisi)
tomonidan investorlarning cheklanmagan doirasiga fond birjasida qo‘shimcha
aksiyalarni joylashtirish.
ikkilamchi ommaviy taklif (SPO) - aksiyador (SPO tashkilotchisi) tomonidan unga tegishli
aksiyalarning fond birjasida cheklanmagan miqdordagi investorlarga sotilishi.
"Toshkent" RFBning listingdan tashqari savdo
maydonchasi - YaDTMdagi elektron savdo tizimida "Toshkent"
RFB AJning birja kotirovkalash varag‘iga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar bilan
savdoni ta’minlovchi maxsus modul;
davlat qimmatli qog‘ozlari - O‘zbekiston Respublikasining
g‘azna majburiyatlari va vakolatli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi organi
tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan
chiqariladigan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining obligatsiyalari;
qimmatli qog‘ozlar
delistingi - emitentning qimmatli
qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘idan chiqarish tartibi;
shartnoma - emitentning qimmatli qog‘ozlarini "Toshkent" RFB birja
kotirovkalash varag‘iga kiritish va joylashtirish to‘g‘risidagi shartnoma;
Yagona dasturiy-texnik majmua
(YaDTM) - quyidagi huquqlarni
taqdim etuvchi savdo maydonchasi: 1) "Toshkent" RFBning birja
kotirovkalash varag‘iga kiritilgan va 2) birjadan tashqari savdo maydonchasidagi
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni o‘tkazish.
listing kompaniyalari - qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash
varag‘iga kiritilgan emitentlar;
listing komissiyasi -
Birjaning birja
listingi va qimmatli qog‘ozlar delistingini amalga oshiruvchi komissiyasi.
ko‘rsatkichlarning me’yoriy
qiymatlari - emitentning birja kotirovkalash varag‘ining u
yoki bu toifasiga muvofiqligini aniqlash uchun mo‘ljallangan, tegishli
uslubiyotda emitentning moliyaviy holati ko‘rsatkichining Birja tomonidan
belgilangan me’yori;
Birjaning mas’ul bo‘limi - listing kompaniyalari
bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan Birjaning shtat bo‘limi;
Barqaror rivojlanish obligatsiyalari (ESG
obligatsiyalari) - bu barqaror
rivojlanishga qaratilgan ekologik va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega
loyihalarni, shu jumladan yashil, ijtimoiy obligatsiyalar va barqaror
rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa vositalarni
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlaridir.
birjada
sotiladigan fond (ETF) - birjada sotiladigan fond bo‘lib, unga
quyidagilar kiradi:
o‘z ichiga bazaviy aktiv sifatida likvidli
qimmatli qog‘ozlar savati, oltin va xorijiy valyuta, indekslar va
boshqa qimmatliklar;
emitent - qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va
majburiyatlarni ularning egalari oldida o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solish bo‘yicha vakolatli davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar
bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi.
free float - erkin muomalada
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqariluvi bo’lib, quyidagi qimmatli qog‘ozlar
bundan mustasno:
- davlat, davlat va mahalliy boshqaruv organlari ixtiyoridagi;
- ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar egaligidagi;
- emitent ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushga yakka tartibda
egalik qiluvchi shaxslar egaligidagi;
- kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolari ixtiyoridagi;
- cheklangan muomaladagi (repo shartnomasi bo‘yicha realizatsiya
qilingan xatlangan, garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar);
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish davrida, emitentning hisob-varag‘idagi
qimmatli qig’ozlar.
emitentning kredit
reytingi - emitentning u yoki bu qarz majburiyatining kredit sifati darajasi va
uning o‘z moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish
qobiliyati to‘g‘risida reyting agentligining fikri.
bo‘lish davri - qimmatli qog‘ozlarning birja kotirovkalash varag‘ida bo‘lish
davri, buning uchun emitent Birja tomonidan qo‘yilgan listing badalini to‘lash
hisobvarag‘ida ko‘rsatilgan listing badalini to‘laydi.
II. BIRJA KOTIROVALASH VARAG‘I VA
UNING TUZILMASI
3. Dastlabki
ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan, sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarmasligi
va birja bitimlari tuzishning doimiyligi bilan tavsiflanadigan, birja
savdolarida ishtirok etish ruxsatini olgan qimmatli qog’ozlar ro’yhati birja
kotirovkalash varag’i deyiladi.
4. Birja
kotirovkalash varag‘iga qonun hujjatlarida chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan
quyidagi qimmatli qog‘ozlar kiritilishi mumkin:
a) emitentlar,
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan:
- aksiyadorlik jamiyatlarining
aksiyalari (oddiy va imtiyozli);
- korporativ va
infratuzilma obligatsiyalari;
- birja
obligatsiyalari;
- hosilaviy qimmatli qog‘ozlar;
- depozit
sertifikatlari;
b) davlat
qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan:
- O‘zbekiston
Respublikasining g‘azna majburiyatlari;
- vakolatli O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi organi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar;
- O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
- qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan chiqarilgan munitsipal obligatsiyalar;
v) O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan kvotalar doirasida chiqarilgan depozit tilxatlar;
- xalqaro moliya tashkilotlarining qimmatli
qog‘ozlari;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha Xalqaro komissiyalar
tashkilotiga a’zo mamlakatlar emitentlarining qimmatli qog‘ozlari.
5. Qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkalash varag‘iga
kiritilganda YaDTM savdo tizimining tuzilmasiga muvofiq quyidagi segmentlar
(modullarda) da aks etiladi:
I. "Stock Market" aksiyalar bozori:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining aksiyalari;
II. "Bond Market" obligatsiyalar
bozori:
a) korporativ obligatsiyalar
b) barqaror rivojlanish obligatsiyalari;
v) infratuzilma obligatsiyalari;
g) birja obligatsiyalari;
d) depozit sertifikatlari;
e) xalqaro moliya tashkilotlarining obligatsiyalari;
III. "Government securities market"
davlat qimmatli qog‘ozlari bozori:
a) davlat g’azna majburiyatlari;
b) vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar;
v) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
obligatsiyalari;
g) munitsipal obligatsiyalar;
IV. "Derivatives"
hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori:
a) fyucherslar;
b) opsionlar;
v) o‘zbek depozitar tilxatlari (O‘DT);
g) ETF;
d) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
taqiqlanmagan boshqa hosila qimmatli qog‘ozlar.
6. "Stock Market" bozoridagi aksiyalar
qimmatli qog‘ozlar emitentlarining moliyaviy holatiga va ushbu Nizomda
belgilangan boshqa talablarga muvofiq asosiy kategoriyalar "Premium",
"Standart", "Xususiylashtirish" va maxsus kategoriya
"Tranzit" kategoriyasiga bo‘linadi.
"Premium" kategoriyasi aksiyalar uchun birja
kotirovkalash varag‘ining eng yuqori kategoriyasi bo‘lib, unga
"Standart" kategoriyasiga nisbatan yuqoriroq talablar qo‘yiladi.
"Xususiylashtirish" kategoriyasi - bu emitent aksiyalarini birja
kotirovkalash varag‘iga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, undagi davlat
ulushini birja savdolari orqali sotilishi uchun kiritiladigan emitentlar kategoriyasi
hisoblanadi.
Birja
kotirovkalash varag‘ining "Xususiylashtirish" kategoriyasiga kiritish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat ulushini ommaviy savdolar
orqali sotish to‘g‘risidagi buyruqning mavjudligi yetarli hisoblanadi.
"Tranzit" kategoriyasi - bu
birja kotirovkalash varag‘ining asosiy toifalariga kiritish va joylashtirish
talablariga javob bermaydigan emitentlar aksiyalari, shu jumladan kichik va
o‘rta tadbirkorlik subyektlari aksiyalari uchun maxsus kategoriyadir.
7. "Bond Market" obligatsiyalar bozori,
"Government securities market" davlat qimmatli qog‘ozlar bozori va "Derivatives" hosilaviy
qimmatli qog‘ozlar bozorining qimmatli qog‘ozlari kategoriyalarga ajratilmagan holda birja
kotirovkalash varag‘iga kiritiladi.
8. Qimmatli
qog‘ozlar listing jarayoni to‘liq va soddalashtirilgan tartibda amalga
oshirilishi mumkin.
Bunda,
soddalashtirilgan tartib - davlat qimmatli qog‘ozlari, xalqaro moliya
tashkilotlarining obligatsiyalari, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, shuningdek davlat
ulushi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra birja
savdolarida sotilishi belgilangan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari.
Qolgan turdagi
qimmatli qog‘ozlar listingi uchun to‘liq tartib qo‘llaniladi.
9. Qimmatli qog‘ozlar listingi to‘liq
taomili quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) Birja tomonidan qimmatli qog‘ozlarni
birja kotirovkalash varag‘iga kiritish bo‘yicha dastlabki xulosani berish uchun
arizani va ushbu Nizomda belgilangan hujjatlarni qabul qilish;
b) Birjaning mas’ul bo‘limi tomonidan
qimmatli qog‘ozlar emitentining arizasi va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish,
emitentning moliyaviy ahvolini va qimmatli qog‘ozlar likvidligini baholash;
v) Birja Listing komissiyasi tomonidan
Birjaning mas’ul bo‘limi tayyorlagan emitentning arizasi bo‘yicha materiallarni
ko‘rib chiqish va Birja Boshqaruviga emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja
kotirovkalash varag‘iga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risida tavsiya
bilan xulosa tayyorlash;
g) Birja Boshqaruvi tomonidan emitentning
qimmatli qog‘ozlari Birjaning listing talablariga muvofiqligi to‘g‘risida yoki
emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘iga kiritishni
asoslangan sabablar bilan rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish va berish;
d) Birja Boshqaruvining qarori asosida ushbu
Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan talablar bajarilgan taqdirda, emitentning
qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘iga kiritiladi.
10. Qimmatli qog‘ozlar listingi
soddalashtirilgan tartib-taomili mazkur Nizom 9-bandining a), g) va d) kichik
bandlarida ko‘rsatilgan.
11. Qimmatli qog‘ozlarning har bir
chiqarilishi majburiy tartibda yuqorida ko‘rsatilgan tartiblarga muvofiq
listingdan o‘tadi, yuqoridagi 8-bandda keltirilgan tartib va emitentning
qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalari mazkur emitentning oldingi chiqarilgan
aksiyalari birja kotirovkalash varag‘ida turgan bo‘lsa, listing
tartib-taomilidan o‘tmasdan avtomatik ravishda birja kotirovkalash varag‘iga
kiritilishi holatilari bundan mustasno.
13. Emitent
tomonidan hujjatlar taqdim etilishi yozma shaklda muhr (mavjud bo‘lsa) va
tegishli mansabdor shaxsning imzosi qo‘yilgan holda "asliga to‘g‘ri" belgisi
bilan yoki elektron shaklda amalga oshiriladi.
14. Ko‘rsatib
o‘tilgan hujjatlarni elektron shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolangan kuzatuv xati bilan yuboriladi.
15. Emitent o’zi
tomomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi
uchun javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.
Ushbu Nizomning
2-ilovasida ko‘rsatilgan talab qilinadigan hujjatlar noto‘g‘ri va/yoki to‘liq
taqdim etilmagan taqdirda, Birja emitent tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar
bartaraf etilgunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqmaydi, bu haqda
Birja hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni ichida emitentni yozma
ravishda xabardor qiladi.
16. Emitentdan uning qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘iga
kiritish uchun to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq to’plami kelib
tushgan sanadan boshlab 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Birjaning listing
bo‘limi quyidagi tartib-taomillarni amalga oshiradi:
- taqdim etilgan hujjatlar
asosida qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘iga kiritish uchun
belgilangan talablarga muvofiq emitentning moliya-xo‘jalik faoliyati
ko‘rsatkichlarini baholashni amalga oshiradi;
- qimmatli qog‘ozlar
"Toshkent" RFB birja kotirovkasi varag‘iga kiritishda va turushda
ularning likvidliligini baholash" metodikasiga muvofiq qimmatli
qog‘ozlarning likvidliligini baholashni amalga oshiradi;
- emitent ko‘rsatkichlarini
ushbu Nizom 3, 3-1, 3-2, 3-3-ilovalarda ko‘rsatilgan listing talablariga muvofiqligini
tekshiradi;
- o‘tkazilgan ishlar natijalari
bo‘yicha hisobotni Birja Listing komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun taqdim
etadi.
17. Listing komissiyasi 2 ish
kuni mobaynida Birja listing bo‘limi tomonidan tayyorlangan hujjatlar
to‘plamini ko‘rib chiqib, birja Boshqaruviga emitentning qimmatli qog‘ozlarini
birja kotirovkalash varag‘iga kiritish to‘g‘risidagi tavsiya bilan uning
segmenti va kategoriyasi (aksiyalar kiritilganda) ko‘rsatilgan holda yoki
qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovka varag‘iga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi
xulosasini taqdim etadi.
Listing komissiyasining majlisi
majlisda ishtirok etgan komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Birja Boshqaruvi Listing
komissiyasi majlisi sanasidan boshlab 2 ish kuni ichida emitentning qimmatli
qog‘ozlarini kiritish mumkinligi to‘g‘risida birja kotirovkalash varag‘iga
uning segmenti va kategoriyasi (aksiyalar kiritilganda) ko‘rsatilgan holda yoki
emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘iga kiritishni rad
etish to‘g‘risidagi qarori emitentning yuridik manziliga yoki elektron pochta
manziliga 1 ish kuni mobaynida yuboriladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda,
emitentga ikki nusxadagi Shartnoma hamda ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq
belgilangan uning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘ida
bo‘lishining eng kam davri uchun listing kategoriyasiga ko’ra badal to‘lovi
ko’rsatilgan to’lov hisobi yuboriladi
19. Listingning
soddalashtirilgan tartibida Birja Boshqaruvi emitentdan to‘g‘ri
rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq to‘plami kelib tushgandan so‘ng 5 ish
kuni ichida uning qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovka varag‘iga kiritish mumkunligi
to’g’risida emitent manziliga elektron shaklda birja kotirovka varag‘ining
segmenti va kategoriyasi (aksiyalar kiritilganda) ko‘rsatilgan qarorini hamda
shartnomaning ikki nusxasi va listing to‘lovi uchun to’lov hisobi ilova qilib yuboriladi.
IV. SHARTNOMA TUZISH VA QIMMATLI
QOG‘OZLARNI BIRJA KOTIROVKALASH VARAG’IGA KIRITISH JARAYONI
20. Shartnoma ushbu Nizomda belgilangandek
qimmatli qog‘ozlari Birjaning birja kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan
emitentning va Birja o’rtasidagi o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
21. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan
obligatsiyalarning har bir chiqariluvida emitent va "Toshkent" RFB
o‘rtasida alohida Shartnoma tuziladi.
22. Yuborilgan Shartnoma qimmatli qog‘ozlar
emitenti tomonidan imzolanishi
va yuqorida ko‘rsatilgan Shartnoma olingan kundan boshlab 30 kalendar kun
ichida Birjaga taqdim etilishi kerak.
23. Emitent tomonidan mavjud bo‘lgan davr uchun
listing to’lovi to‘lanmaganda va imzolangan Shartnoma belgilangan muddatlarda
taqdim etilmaganda, emitent qayta listing tartibidan o‘tadi.
24. Shartnoma
imzolangandan va listingda turish davri uchun listing to’lovi to‘liq kelib
tushgandan so‘ng birja Boshqaruvi qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash
varag‘iga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
25. Birja boshqaruvining
qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘iga kiritish to‘g‘risidagi
qaroriga muvofiq Birjaning listing bo‘limi 1 ish kunidan kechiktirmay birja
kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi
axborotni YaDTMning savdo tizimida kiritadi.
Qimmatli qog‘ozlarni
birja kotirovka varag‘iga kiritish, qimmatli qog‘ozlar "Toshkent"
RFBning listingdan tashqari savdo maydonchasidan chiqarilgandan keyin amalga
oshiriladi.
26. Birja
kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan qimmatli qog‘ozlar uchun ushbu Nizomning
9-ilovaga muvofiq alohida birja tikeri beriladi.
Mazkur birja tikeri
har bir emitent uchun takrorlanmas bo‘lib, axborot va tahliliy maqsadlarda
foydalaniladi.
27. Birja
Boshqaruv qaror qabul qilgan sanadan boshlab 2 ish kuni mobaynida
qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkalash varag‘iga kiritilganligi to‘g‘risida
emitentni xabardor qiladi va o‘zining rasmiy veb-saytida tegishli axborotni
e’lon qiladi.
28. Birja
kotirovkalash varag‘iga kiritish rad etilgan taqdirda, emitent birja
kotirovkalash varag‘iga kirish uchun birjaga umumiy asoslarda takroran murojaat
qilishga haqli.
29. Qimmatli
qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘iga kiritish va unda turish uchun
ularning emitentlaridan ushbu Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan miqdorlarga muvofiq
listing to’lovi undiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar
emitenti qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘iga kiritish uchun
listing badalini uning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘iga
kiritilguniga qadar bir vaqtning o’zida (bir martalik) to‘lov bilan to‘laydi.
To‘lov Birja Boshqaruvning emitent qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash
varag‘iga kiritish mumkinligi to‘g‘risidagi qarori va tegishli Shartnoma
asosida amalga oshiriladi.
Keyingi davrlar uchun
listing badalini to‘lash uchun emitentga quyidagi to’lov shakllari taklif
etiladi:
Bir martalik to‘lov - emitent ushbu Nizom 5-ilovasida ko‘rsatilgan
miqdordagi bir martalik to‘lovni amalga oshiradi. Bunda, bazaviy hisoblash
miqdorining (BHM) o‘zgarishi keyinchalik to‘lov miqdoriga ta’sir qilmaydi.
To‘lov Birja tomonidan taqdim etilgan to’lov hisobi asosida amalga oshiriladi.
Kvartal to‘lov - emitent listing badalini har chorakda to‘laydi. Har
bir choraklik to‘lov miqdori ushbu Nizom 5-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
To‘lovlarni hisoblashda to‘lov sanasida amalda bo‘lgan BHM miqdoridagi
o‘zgarishlar inobatga olinadi. To‘lov har chorak oxirida Birja tomonidan taqdim
etiladigan hisob-faktura asosida amalga oshiriladi.
30. Emitentning
qimmatli qog‘ozlari kiritilganda undiriladigan listing to’lovi
birja kotirovkalash varag‘iga listing to’loviini to‘lash hisobida ko‘rsatilgan turish
davri uchun to‘langan deb hisoblanadi.
31. Emitentning
qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘ida bo‘lish davri tugagach, Birja
keyingi davr uchun listing to’lovlini to‘lash uchun to’lov hisobini taqdim
etadi,
- agar emitent
listing badalini bir martalik to‘lov bilan to‘lashni tanlasa, unga to‘lovni
amalga oshirish uchun to’lov hisobini taqdim etilgan sanadan boshlab 30
kalendar kun muddat beriladi;
- agar to‘lov
ko‘rsatilgan muddatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, Birja buni emitent tomonidan
choraklik to‘lov shakli tanlandi sifatida qabul qiladi;
- listing to’lovining
choraklik to‘lovini tanlagan emitent, to‘lovni har chorak yakunlari bo‘yicha
Birja tomonidan shakllantiriladigan hisob-faktura taqdim etilgan sanadan
boshlab 10 kalendar kun davomida amalga
oshirishi shart;
- agar to‘lov
belgilangan muddatda amalga oshirilmasa, u kechiktirilgan deb topiladi, bu esa
Birjaga emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘idan
delisting qilish tartibini boshlash huquqini beradi.
Birja birja
kotirovkalash varag‘ining "Stock Market" aksiyalar bozori segmentida
bo‘lish uchun aksiyalar kategoriyasi aniqlangandan keyin kalendar yil boshida
keyingi davr uchun listing badalini to‘lash uchun to’lov hisobini taqdim etadi.
Faoliyati mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlarining birja kotirovkalash varag‘i "Stock
Market" aksiyalar bozori segmentida bo‘lishi uchun Birja tomonidan keyingi
davr uchun to‘lov hisobini joriy yilning to‘rtinchi choragida:
- yog‘-moy korxonalariga;
- paxtani qayta
ishlash korxonalariga;
- donni qayta ishlash
korxonalariga taqdim etiladi.
32. Listing
badali belgilangan muddat mobaynida to‘lanmagan taqdirda, Birja emitentning qimmatli
qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘idan delistingi to‘g‘risidagi masalani
ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
33. Emitentning
aksiyalari birja kotirovka varaqasining bir toifasidan boshqa toifasiga
o‘tkazilganda, qimmatli qog‘ozlar boshqa toifaga o‘tkazilgan sanadan shartnoma
tugash sanasigacha bo‘lgan davr uchun tariflar orasidagi farq asosida listing
to‘lovi qayta hisoblanadi.
Listing to’lovini
qayta hisob-kitob qilish Birja va emitent o‘rtasida tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgan
solishtirish dalolatnomasi asosida bir oy ichida amalga oshiriladi.
34. Qimmatli
qog‘ozlar birja kotirovkalash varag‘idan chiqarilganda to‘langan listing badali
summasi emitentga qaytarilmaydi.
35. Qimmatli
qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan emitentlar:
1) Birjaning
rasmiy veb-saytida elektron shaklda taqdim etish yo‘li bilan:
- qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan ma’lumotlar va muhim faktlar
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oshkor etishi;
- ushbu Nizomning
10-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ushbu ilovada belgilangan muddatlarda
oshkor etishi;
2) Birjaga
quyidagi ma’lumotlarni:
- talab va
taklifning o'zgarishiga, shuningdek emitentning qimmatli qog'ozlari
kotirovkalariga ta'sir ko'rsatib o'tilgan axborotning ommaviy tarqatilishi
muddatigacha bunday axborotning maxfiyligini saqlab qolish xavfi mavjud bo'lsa,
buning natijasida qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari
tomonidan axborot olish imkoniyati tengligi prinsipi buzilishi mumkin bo'lsa;
- emitent
faoliyatini tahlil qilish uchun Birjaning so‘roviga muvofiq, mazkur
so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etishi lozim.
36. Ushbu bob talablari
bo‘yicha axborotni oshkor qilish va taqdim etish o‘zbek yoki rus tilida amalga
oshiriladi.
Shu o’rinda, O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari bo‘lgan emitentlar axborotni ingliz tilida oshkor
qilishlari va bir vaqtning o‘zida ushbu axborotning o‘zbek yoki rus tillariga
tarjimasini ilova qilgan holda Birjaga taqdim etishlari mumkin.
37. Agar aksiyalari birja
kotirovkalash varag‘ining "Premium"
kategoriyasida bo‘lsa, ushbu bob talablariga muvofiq oshkor etilishi lozim
bo‘lgan ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ushbu ma’lumotlarning ingliz tilidagi
tarjimasi ilova qilinishi kerak.
38. Ushbu bob
talablariga muvofiq oshkor etilishi lozim bo‘lgan, hajmi 10 000 belgidan ortiq
bo‘lgan ma’lumotning tarjimasi, bunday kechikish muddati 10 ish kunidan
oshmasligi sharti bilan, ushbu ma’lumotning o‘zidan keyinroq Birjaga taqdim
etilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan axborotni tarjimasining to‘g‘riligi qimmatli qog‘ozlar emitenti tomonidan
kafolatlanadi.
39. Qimmatli qog‘ozlari
"Stock Market" modulining "Premium" kategoriyasiga
kiritilmagan boshqa emitentlar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ushbu
bob talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ingliz
tilida oshkor qilish huquqiga ega, bunda ular ushbu Nizomning 40-bandida
belgilangan talablarga rioya qilishlari kerak.
40. Emitent,
zarur hollarda, ilgari taqdim etilgan axborotni eski axborotning
almashtirilishiga olib kelgan sabab ko‘rsatilgan tegishli bildirishnomani ilova
qilgan holda yangi axborotga almashtirish huquqiga ega.
41. Emitent ushbu Bo‘lim
talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan
muddatlarda o‘z vaqtida taqdim etish imkoniyati yo‘qligi (shu jumladan,
taxminiy holatlar ham) to‘g‘risidagi har bir holat bo‘yicha Birjani yozma
ravishda sabablar va ularni bartaraf etish, shuningdek kelgusida bunday
holatlarning yuzaga kelmasligi bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida
ma’lumotlarni ko‘rsatilgan holda xabardor qilishi shart.
42. Agar emitentning Birja kotirovkalash
varag’iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlari yoki boshqa qimmatli qog‘ozlari boshqa
birja listingiga kiritilgan bo’lsa va ushbu birjaning axborot oshkor etish bo‘yicha
talablari ushbu Nizomda belgilangan tartibdan farq qilsa, emitent boshqa birjada
o‘zining yoki uning manfaatlarini ifodalaydigan shaxs tomonidan taqdim etilgan,
ushbu Nizom talablari asosida Birjaga taqdim etiladigan ma’lumotlardan farq qiluvchi
istalgan ma’lumotni Birjaga ham aynan o‘sha hajmda va aynan o‘sha shaklda, boshqa
birjaga qanday taqdim etilgan bo‘lsa, shunday ko‘rinishda, o‘zbek yoki rus tiliga
tarjima qilingan holda taqdim etishi shart.
43. Emitent tomonidan qonun hujjatlari
va ushbu Nizom talablariga muvofiq oshkor etilishi lozim bo‘lgan axborot taqdim
etilmaganligi (yashirilganligi) va/yoki ushbu axborot qonun hujjatlari va ushbu
Nizomda belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida oshkor etilmaganligining har bir alohida
holati axborotni oshkor etish bo‘yicha talablarning bitta buzilishi sifatida e’tirof
etiladi.
44. Agar emitent tomonidan oxirgi
12 kalendar oy mobaynida axborotni oshkor qilish bo‘yicha talablar besh marta buzilishiga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, emitent tomonidan Birjaga bazaviy hisoblash miqdorining
10 baravari miqdorida jarima to‘lanadi.
Agar emitent tomonidan oxirgi 12 kalendar
oy mobaynida axborotni oshkor qilish talablarining o‘n va undan ortiq marta buzilishiga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday holat axborotni oshkor qilish talablarining muntazam
ravishda buzilishi deb e’tirof etiladi
va Listing komissiyasiga emitentning mazkur qimmatli qog‘ozlarini delisting qilish
to‘g‘risidagi masala kiritiladi.
45. Mazkur Nizom talablariga
muvofiq Birja tomonidan emitentlardan olingan axborot Birjaning ichki hujjatlarida
belgilangan tartibda foydalaniladi va tarqatiladi.
46. Ushbu Nizomning 4, 4-1-ilovalarda
ko‘rsatilgan talablar qimmatli qog‘ozlarning birja kotirovkalash varag‘ida turish
shartlari hisoblanadi.
47. Kalendar yil davomida 4, 4-1-ilovalarda
ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan taqdirda, Birja emitentning qimmatli
qog‘ozlarini boshqa kategoriyaga o‘tkazish yoki emitentning qimmatli
qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag‘idan chiqarib yuborish masalasini ko‘rib
chiqishga haqli.
48. Birja listing kompaniyalarining
aksiyalari joylashgan tegishli kategoriyada belgilangan listing talablaridan
farq qiluvchi parametrlariga javob bergan taqdirda, ularning aksiyalarini bir kategoriyadan
boshqa kategoriyaga o‘tkazadi.
49. Birja kotirovkalash varag‘ining bir kategoriyasidan
boshqa kategoriyaga o‘tkazish emitentni xabardor qilgan holda Listing
komissiyasining xulosasi asosida qabul qilinadigan Birja Boshqaruvining
tegishli qarori asosida amalga oshiriladi.
50. Listing kompaniyasining qimmatli qog‘ozlarini birja kotirovkalash varag’ining
bir kategoriyasidan boshqa kategoriyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma
Birja Boshqaruvi qaror qabul qilgan kundan boshlab 2 (ikki) ish kunidan
kechiktirmay emitentga yuboriladi.
51. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli
qog‘ozlarni kotirovkalash har bir savdo kuni uchun Birjaning "Main Board"
asosiy seksiyasida amalga oshirilgan bitimlar yakunlari bo‘yicha Birja tomonidan
avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Shu o’rinda, birja kotirovkalash varag’iga kiritilgan aksiyalar
ularning likvidlik darajasiga qarab kotirovka qilinishi mumkin, birja kotirovkalash
varag’iga kiritilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar esa birja savdolari yakunlariga ko‘ra
kotirovka qilinadi, bunda kotirovka narxi savdo kunining yakuni bo‘yicha sotilgan
qimmatli qog‘ozning yopilish narxi (closing
price) sifatida belgilanishi mumkin.
52. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan aksiyalarning
likvidlilik darajalari quyidagilarga bo‘linadi:
- yuqori
likvidli;
- o‘rta
likvidli;
- past
likvidli.
53. Listing bo‘limi har oy yakunida, hisobot davrida
amalga oshirilgan bitimlar asosida, birja kotirovkalash ro‘yxatiga kiritilgan
aksiyalarning likvidlik darajasini baholaydi. Shu bilan birga, oddiy va
imtiyozli aksiyalar uchun likvidlik darajasi alohida tarzda aniqlanadi.
54. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan
aksiyalarning likvidlilik darajasini baholash uchun hisobot oyidagi quyidagi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlardan foydalaniladi:
1) birja bitimlari hajmi;
2) birja bitimlari soni;
3) mazkur aksiya bilan birja bitimlarida ishtirok
etgan birja a’zolarining soni;
4) ushbu aksiyalar bilan bitimlar tuzilgan savdo
kunlari sonining hisobot oyining umumiy savdo kunlariga nisbati.
55. Aksiyalarning likvidlilik darajasi 54-bandda
ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar uchun berilgan ballar yig‘indisi bo‘yicha
aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Lik = BH + BS + BA + SK,
bu
yerda:
BH
- bitimlar hajmi uchun berilgan ball;
BS
- bitimlar soni uchun berilgan ball;
BA
- bitimlar tuzishda ishtirok etgan Birja a’zolari soni uchun berilgan ball;
SK
- ushbu aksiyalar bilan bitimlar tuzilgan savdo kunlari sonining hisobot
oyining umumiy savdo kunlariga nisbati uchun berilgan ball.
Bunda, har bir ko‘rsatkich bo‘yicha ballar berish
mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
56. 55-bandga muvofiq hisoblangan ballar
summasining miqdoriga qarab aksiyalar quyidagi likvidlik darajalariga
kiritiladi:
10 ball va undan yuqori (Lik ≥ 10 ball) - yuqori
likvidli aksiyalar;
7 balldan 10 ballgacha (7 ≤ Lik < 10 ball) - o‘rta
likvidli aksiyalar;
7 ballgacha (Lik < 7 ball) - past likvidli
aksiyalar.
57. Aksiyalarga ularni birja kotirovkalash
varag‘iga kiritishda ular birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan oy tugagunga
qadar past likvidli aksiyalar darajasi beriladi.
58. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan
emitentlarning qimmatli qog‘ozlari delistingi Birja tomonidan quyidagi hollarda
amalga oshiriladi:
- oxirgi 12 kalendar oy davomida axborotni
oshkor qilish talablari o‘n va undan ortiq marta buzilganda;
- ushbu Nizomning 60-bandida nazarda
tutilgan talablar bajarilgan taqdirda emitentdan uning qimmatli qog‘ozlarini
ixtiyoriy delisting qilish to‘g‘risida ariza kelib tushganda;
- qimmatli qog‘ozlar delistingi uchun asos
bo‘lib xizmat qiladigan qonun hujjatlarida belgilangan holatlar yuzaga
kelganda;
- tegishli iqtisodiy sudning qarori asosida
emitentdan emitentni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risida ariza kelib
tushganda;
- emitentning
qimmatli qog‘ozlari bekor qilinganda;
- belgilangan
muddatlarda listing to’lovini to‘lanmaganda;
- aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish
to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan taqdirda emitentdan uning qimmatli
qog‘ozlarini ixtiyoriy delisting qilish to‘g‘risida ariza tushganda;
- rasmiy e’lon
qilingan axborot asosida vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan
professional yoki asosiy faoliyatni amalga oshirish uchun emitent
litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilganda;
- emitentning
harakatlari yoki uning holati (ahvoli) bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan,
uning likvidliligini buzadigan yoki birjaga bo‘lgan ishonchga putur
yetkazadigan boshqa hollarda, shuningdek Birja tomonidan belgilanadigan boshqa
sabablarga ko‘ra.
59. O’zbekiston Respublikasi Prezident va/yoki
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida davlat aksiya
paketini birja savdolari orqali sotish munosabati bilan “Xususiylashtirish” kategoriyasiga
kiritilgan emitent aksiyalarini delisting qilish huquqi quyidagi holatlarda
Birjada vujudga keladi:
- vakolatli davlat organi tomonidan mazkur
emitentning barcha aksiyalar emissiyasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb
topilganda;
- davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha
vakolatli davlat organining tegishli buyrug‘i asosida davlat aksiya paketining
to‘liq hajmi birja savdolaridan echib olinganda.
60. Emitentlar o‘z aksiyalarini ixtiyoriy
delisting qilish to‘g‘risidagi arizani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ommaviy axborot vositalarida,
emitentning va Birjaning rasmiy veb-saytlarida o‘z aksiyalarini ular bilan
Birjada tuzilgan oxirgi bitim narxi bo‘yicha sotib olish to‘g‘risida ommaviy
e’lon berilgandan so‘ng, emitentning aksiyalari egalaridan emitent tomonidan
ularga tegishli aksiyalarning barchasini yoki bir qismini sotib olish
to‘g‘risidagi talabnomalar kelib tushgan taqdirda, sotib olish to‘g‘risidagi
talabnomalar qabul qilinadigan muddatni ko‘rsatgan holda berishlari mumkin.
Bunda, ixtiyoriy delistingda qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish to‘g‘risidagi talablarni taqdim etish uchun e’londa
belgilangan muddat e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak qonun hujjatlarida boshqa
muddat belgilangan hollar bundan mustasno.
61. Delisting to‘g‘risidagi qaror Listing
komissiyasining tegishli xulosasi asosida Birja Boshqaruvi tomonidan qabul
qilinadi.
"Toshkent" RFB birja kotirovkalash
varag‘ining "Bond Market" obligatsiyalar bozoriga kiritilgan
emitentning obligatsiyalari obligatsiyalarni so‘ndirish sanasida Listing
komissiyasining xulosasi va Birja Boshqaruvining qarorisiz avtomatik ravishda
undan chiqariladi (so‘ndirish sanasiga qadar obligatsiyalarning butun
chiqarilishi bekor qilingan hollar bundan mustasno).
62. Shu o’rinda, qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovka varag‘idan chiqarish sanasi deb - emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja
kotirovka varag‘idan chiqarish va ularni "Toshkent" RFBning
listingdan tashqari savdo maydonchasiga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotni
birjaning savdo tizimiga kiritish operatsiyasi o‘tkazilganidan keyingi ish kuni
hisoblanadi.
63. Birja Boshqaruvi tomonidan delisting
to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab 2 (ikki) ish kunidan ko‘p
bo‘lmagan muddatda Birja emitentni qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
64. Tomonlarning ushbu Nizomga muvofiq
yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlari emitent va "Toshkent" RFB AJ
o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida
aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
66. Nizomga kiritiladigan barcha
o‘zgartirish va qo‘shimchalar Birja Boshqaruvi tomonidan kiritiladi va
keyinchalik "Toshkent" RFB AJ Kuzatuv kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
67. Mazkur Nizom 2025-yil 1-yanvardan
e’tiboran kuchga kiradi.