“Toshkent” Respublika fond birjasida Gonkong maxsus ma’muriy hududi Moliyaviy xizmatlar va g‘aznachilik ishlari bo‘yicha vaziri Kristofer Xuey boshchiligidagi rasmiy delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirishda Gonkong moliyaviy institutlarining ishtiroki, ikki fond birja infratuzilmalari o‘rtasida integratsiya imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratdilar:
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, zamonaviy kapital bozorini shakllantirishda investorlar ehtiyojlari va bozor talablariga mos moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Gonkong tomoni o‘zbek emitentlarining xalqaro kapital bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ikki birja o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston kapital bozorining xalqaro integratsiyasini kengaytirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va global moliyaviy maydondagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.