| 1 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Sanoq komissiyasi quyidagi tarkibda bankning kelgusi navbatdagi yillik umumiy yigʻilishiga qadar bir yil muddatga tasdiqlansin: 1) Turdibekov Zafar Shokul o‘g‘li; 2) Shirkulov Fazliddin Muradimovich; 3) Niyazova Hilola Akramovna. |
| 2 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil yakunlari boʻyicha Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi reglamenti tasdiqlansin. |
| 3 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil faoliyati yakunlari boʻyicha Kuzatuv kengashining hisoboti tasdiqlansin. |
| 4 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvining 2023-yil yakunlari boʻyicha va bankni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi hisoboti hamda mazkur hisobotda taklif etilgan bankning 2024-yildagi ustuvor vazifalarini tasdiqlansin. |
| 5 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, jumladan buxgalteriya balansi, foyda va zararlari (moliyaviy natijalari) toʻgʻrisidagi hisoboti hamda “Grant Thornton” MChJ auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tasdiqlansin. |
| 6 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil faoliyati yakuni boʻyicha 41 104 896 528,84 soʻm sof foydasi quyidagicha taqsimlansin: 1) 2 055 244 826,44 soʻm yoki 5,0 foiz miqdorda umumiy zaxira fondiga yoʻnaltirilsin; 2) 39 049 651 702,40 soʻm yoki 95,0 foiz miqdorda taqsimlanmay taqsimlanmagan foyda hisobvaragʻida qoldirilsin. Bankning umumiy zaxira fondi hisobidan 288 360 000,00 so‘m Bankning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha 2006, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020, 2021, 2022 va 2023-yillar yakunlari uchun dividend toʻlashga yoʻnaltirilsin. Bunda: har bir yil uchun 28 836 000,00 soʻm, ya’ni har bir dona imtiyozli aksiyaga uning nominal qiymatining 20 (yigirma) foizi yoki 213 (ikki yuz o‘n uch) soʻm 60 tiyin miqdorida dividend hisoblansin va toʻlansin; dividend pul mablagʻlari bilan toʻlansin; dividend qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kun ichida toʻlab berilsin; dividend toʻlashni boshlash sanasi 2024-yil 27-iyun, toʻlashni tugatish sanasi 2024-yil 25-avgust kuni etib belgilansin. |
| 7 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijasi to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi tashkiloti “F-PLUS AUDIT” MChJ auditorlik tashkilotining xulosasi tasdiqlansin. |
| 8 |
Ovoz berish natijalari asosida, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni 60-moddasidagi talablar, jumladan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masala bo‘yicha qaror aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi hisobga olinib, Bank Aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruviga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash bo‘yicha qaror qabul qilinmadi. |
| 9 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPIni) belgilangan tartibda tasdiqlash va ularning har choraklik natijalarini koʻrib chiqish vazifasi Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilsin. |
| 10 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʻzgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin va tasdiqlansin hamda ularni tasdiqlanganligi boʻyicha imzolash huquqi yigʻilish raisiga berilsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi zimmasiga Bank Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qo‘shimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin. |
| 11.1 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi toʻgʻrisida” Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin va tasdiqlansin. |
| 11.2 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida” Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin va tasdiqlansin. |
| 11.3 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Boshqaruvi toʻgʻrisida” Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin va tasdiqlansin. |
| 12 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank (Bank Boshqaruvi) tomonidan mustaqil amalga oshirishi uchun aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan (kutilayotgan) bitimlar ma’qullansin. |