| 1 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamenti tasdiqlansin. |
| 2 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining joylashgan yeri (pochta manzili) O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, pochta indeksi: 100096 dan O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 4-uy, pochta indeksi: 100047 ga o‘zgartirilsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarishi bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar, jumladan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlash Bank Boshqaruvi zimmasiga yuklatilsin. |
| 3 |
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 266-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq koʻchmas mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat ulushini kamaytirish hisobiga oʻtkazilishi sababli, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan 603 524 664 (olti yuz uch million besh yuz yigirma to‘rt ming olti yuz oltmish to‘rt) soʻmga kamaytirilsin va uning miqdori 3 795 323 565 000 (uch trillion yetti yuz toʻqson besh milliard uch yuz yigirma uch million besh yuz oltmish besh ming) soʻm etib belgilansin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini kamaytirish tartibi quyidagicha amalga oshirilsin: Bankning Jizzax viloyati mintaqaviy filiali balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga oʻtkazilgan balans qiymati 632 094 520,80 soʻm boʻlgan va 478 186 275,0 soʻmga sotilgan Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani, Gagarin shahri, Gʻalaba MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 45-uyda joylashgan “Maʼmuriy bino” sotilgan qiymati miqdorida hamda Jizzax viloyati Zarbdor filiali balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga oʻtkazilgan balans qiymati 125 338 274,54 soʻm boʻlgan va 612 760 500,0 soʻmga sotilgan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Oybek MFY, Shifokorlar koʻchasi, 25-uyda joylashgan “Sobiq maʼmuriy bino” balans qiymati miqdorida, jami 603 524 549,54 soʻm miqdorida Bank ustav kapitalidagi Davlat ulushini, shundan mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli boʻlgan 443 192 491,35 soʻm miqdorida Davlat ulushini va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli boʻlgan 160 332 058,19 soʻm miqdorida Davlat ulushini kamaytirish hisobiga kamaytiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli nominal qiymati 1 068 soʻm boʻlgan 414 974 dona umumiy qiymati 443 192 232 soʻm va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli nominal qiymati 1 068 soʻm boʻlgan 150 124 dona umumiy qiymati 160 332 432 soʻm, jami 565 098 dona umumiy qiymati 603 524 664 soʻm Bankning oddiy aksiyalari 1 068 soʻm narxda keyinchalik bekor qilgan holda Bank oddiy aksiyalarining umumiy sonidan qisqartiriladi; Bank aksiyadorlarining 2021-yil 25-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq Bank ustav kapitalidagi Davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushini kamaytirish hisobiga o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyekti balans qiymati miqdori va bekor qilingan oddiy aksiyalar umumiy qiymati miqdori o‘rtasidagi 812,61 so‘m farqning 726,81 so‘m qismi Bank aksiyadorlarining 2022-yil 2-fevraldagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan Bank ustav kapitalini ko‘paytirish uchun muomalaga chiqarilgan aksiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtirishda hisobga olinganligi inobatga olinib, 812,61 so‘m farqning qolgan 85,80 so‘m qismi va Bank aksiyadorlarining 2023-yil 27-iyundagi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq Bank ustav kapitalidagi Davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga (avval Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) tegishli ulushini kamaytirish hisobiga o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyekti balans qiymati miqdori va bekor qilingan oddiy aksiyalar umumiy qiymati miqdori o‘rtasidagi 552 so‘m farqning 173,55 so‘m qismi, jami 259,35 so‘m yuqoridagi o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlari evaziga Bank ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli boʻlgan Davlat ulushini kamaytirishda hisobga olinadi; Bank ustav kapitalidagi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli boʻlgan Davlat ulushini kamaytirishda, yuqoridagi oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlari qiymati miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli qismi va uning bekor qilinadigan oddiy aksiyalar umumiy qiymati miqdori oʻrtasidagi 373,81 soʻm farq Bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga toʻlab beriladi yoki keyinchalik uning Bank ustav kapitalidagi ulushi koʻpaytirilayotganda yohud kamaytirilayotganda hisobga olinadi; Bank qonunchilikka muvofiq ustav kapitalini kamaytirish toʻgʻrisida oʻz kreditorlarini xabardor qiladi va ularning talablarini bajaradi. |
| 4 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʻzgartishlar kiritilsin va tasdiqlansin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi zimmasiga Bank Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin. |
| 5 |
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini kamaytirilishi bilan bogʻliq avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-avgustda P0005-28-son va 2022-yil 15-fevralda P0005-29-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-sentyabrda P0005-30-son bilan roʻyxatga olingan Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-avgustda P0005-28-son va 2022-yil 15-fevralda P0005-29-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-sentyabrda P0005-30-son bilan roʻyxatga olingan Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar matni tasdiqlansin hamda ularni tasdiqlanganligi boʻyicha imzolash huquqi yigʻilish raisiga berilsin. Aksiyalar chiqarilishini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish Bank Boshqaruvi zimmasiga yuklatilsin. |
| 6 |
Ovoz berish natijalari asosida, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni 60-moddasidagi talablar, jumladan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masala bo‘yicha qaror aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi hisobga olinib, Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilinmadi. |