Avval xabar qilinganidek, jamiyat ustav kapitalini 1:1 koeffitsiyenti asosida kapitalizatsiya qilish jarayoni munosabati bilan “Mulk-Sarmoya BU” AJning oddiy aksiyalari (UZ7015030008) bo‘yicha listingdan tashqari savdo maydonchasidagi savdolar 2026-yil 18-iyundan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
2026-yil 26-iyun kuni kapitalizatsiya jarayonlari yakunlanib, qimmatli qog‘ozlar bozorining Yagona dasturiy-texnik majmuasida tegishli o‘zgartirishlar amalga oshirilgani munosabati bilan 2026-yil 29-iyundan boshlab “Mulk-Sarmoya BU” AJning oddiy aksiyalari (UZ7015030008) bo‘yicha savdolar qayta tiklandi.
Kapitalizatsiya natijasida oddiy aksiyaning oxirgi yopilish narxi 4 197 so‘m 1:1 kapitalizatsiya koeffitsiyenti hisobga olingan holda qayta hisoblanib, 2 098,5 so‘m etib belgilandi.