Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga rioya qilish to‘g‘risida xabarnoma
"Temiryo‘lkargo" aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorning 2024-yil 22-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2024-yil 22-oktyabrdan boshlab o‘z biznesini halol va shaffof yuritishga sodiqligini namoyish etgan holda, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiyaning 2015-yil 31-dekabrdagi yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga ixtiyoriy ravishda rioya qilish majburiyatini oldi.
"Temiryo‘lkargo" AJ 2026-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini Korporativ boshqaruv kodeksi (bundan keyin - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda amalga oshirgan va kelgusida ham ularga rioya etish niyatida.