|
“TASDIQLANGAN” |
|
“KELISHILGAN” |
|
|
|
|
|
“Toshkent” RFB AJ
Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra 2023-yil 12-maydagi 6-sonli Bayonnoma bilan |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yil “30”
avgustda 1-son bilan. |
“Toshkent” Respublika fond
birjasi aksiyadorlik jamiyatida birja obligatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish
TARTIBI
Toshkent - 2023
M U N D A R
I J A
I.
UMUMIY QOIDALAR.............................................................................. 3
II.
BIRJADA BIRJA OBLIGATSIYALARINI
CHIQARISH VA MUOMALAGA KIRITISH XUSUSIYATLARI...................................................................... 4
III.
BIRJA OBLIGATSIYALARINI CHIQARISH BOSQICHLARI.............. 4
IV.
BIRJA OBLIGATSIYALARINI LISTINGGA
KIRITISH VA JOYLASHTIRISHGA RUXSAT BERISH TARTIBI..................................... 7
V.
LISTING
XIZMATLARI KOʻRSATISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA 7
VI.
BIRJA OBLIGATSIYALARINI JOYLASHTIRISH TARTIBI................ 8
VII. BIRJA OBLIGATSIYALARINING MUOMALASI............................... 9
VIII.
BIRJA OBLIGATSIYALARINI SOʻNDIRISH VA
TOʻLASH TARTIBI.................................................................................... 10
IX.
YAKUNLOVCHI QOIDALAR.............................................................. 10
1. Mazkur
Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi,
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda
boshqa qonun hujjatlariga, “Toshkent” RFB birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi
nizomga, “Toshkent” RFB AJning boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, ishlab
chiqilgan hamda birja obligatsiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik
jamiyatida roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini
belgilaydi.
Birja obligatsiyalarining emissiyasi va
ularning chiqarilishini (qoʻshimcha chiqarilishini) roʻyxatdan oʻtkazish vakolatli davlat organi bilan
kelishilgan holda birja tomonidan tasdiqlangan Tartibga asosan amalga
oshiriladi.
2. Mazkur Tartibda
quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Birja – “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati;
Birja obligatsiyasi – chiqarilishi fond birjasi tomonidan
roʻyxatga olinadigan va fond
birjasining kotirovkalash varagʻiga kiritilgan, aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan chiqariladigan qarz emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Oferta hujjati
(keyingi oʻrinlarda – Oferta)
– birja obligatsiyalarini chiqarish shartlarini belgilovchi hujjat;
birja
obligatsiyalarini chiqarish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) – Oferta hujjatiga muvofiq, birja obligatsiyalarining bir yoki bir
nechta chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish.
Dastur muntazam qarz olish uchun
moslashuvchan vosita boʻlib, emitentga birja obligatsiyalarini joylashtirish
yoʻli bilan imkon qadar qisqa vaqt ichida fond bozoridan mablagʻ jalb qilish
imkonini beradi va ularning emissiya
parametrlari joriy bozor
sharoitlariga yoki emitentning ehtiyojlariga toʻgʻridan toʻgʻri mos keladi;
birja
obligatsiyalarining alohida emissiyasi – Dasturga
kirmaydigan, Ofertaga muvofiq, birja obligatsiyalarini chiqarish;
individual
birja identifikatsiya raqami – birja obligatsiyalarining
chiqarilishiga (keyingi chiqarilishiga) Birja tomonidan tayinlangan noyob
identifikator (birja tikeri);
birja
obligatsiyalarining emitenti (keyingi oʻrinlarda – Emitent) – ushbu Tartibga muvofiq,
birja obligatsiyalarini chiqaradigan aksiyadorlik jamiyati;
emitentning
kredit reytingi – reyting agentligining emitentning
muayyan qarz majburiyatining kredit sifati darajasi va uning moliyaviy
majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq qondirish qobiliyatiga bahosi;
Shartnoma
– Fond birjasining kotirovkalash varag‘iga emitentning
birja obligatsiyalarini kiritish va mavjudligi toʻgʻrisidagi bitim;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi – depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli
qogʻozlarni saqlash, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan
huquqlarni hisobga
olishning va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi
davlat depozitariysi;
birja obligatsiyalarini roʻyxatga
olish jurnali – Birja tomonidan roʻyxatga olingan birja obligatsiyalarining
chiqarilishlari (qoʻshimcha emissiyalari) roʻyxati;
vakolatli davlat organi – qimmatli qogʻozlar
bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi.
xususiyatlari
3. Birja
obligatsiyalarining emissiyasi va ularning chiqarilishini (qoʻshimcha
chiqarilishini) roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Tartibda nazarda tutilgan
xususiyatlarni hisobga olgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga
oshiriladi.
“Toshkent” RFBning birja kotirovkalari
toʻgʻrisida”gi Nizom va “Toshkent” RFBda qimmatli qogʻozlar
savdosi qoidalari”da qoʻllaniladigan atama, tushuncha va tartiblar ushbu Tartibda koʻrsatilgan aniq atama, tushuncha va tartiblarga qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladi.
Shartlar, tushunchalar va tartib-qoidalar ziddiyatli boʻlgan taqdirda, ushbu
Tartib qoʻllaniladi.
Birja obligatsiyalarini joylashtirish va
muomalaga chiqarish Birja orqali amalga oshiriladi. Birja obligatsiyalarining
soʻndirilish muddati bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Birja obligatsiyalari “Stock Market”
aksiyalar bozorining “Premium”, “Standart” va “Tranzit”segment toifalariga
kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladi.
4. Birja obligatsiyalarini chiqarish bosqichlari quyidagi
tartiblarni oʻz ichiga
oladi:
a) emitentning
vakolatli boshqaruv organlari
tomonidan birja obligatsiyalarini
chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul
qilish;
b) Ofertaga muvofiq,
birja obligatsiyalarini chiqarish
Dasturini yoki birja
obligatsiyalarining alohida chiqarilishini tasdiqlash;
v) qonun hujjatlariga va ushbu Tartibga
asosan qimmatli qogʻozlar
chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni emitent tomonidan oshkor etish;
g) birja obligatsiyalarini joylashtirish;
d) birja obligatsiyalarini chiqarish,
joylashtirish va soʻndirish toʻgʻrisidagi hisobotni Birjaga taqdim etish orqali
birja obligatsiyalarini chiqarish natijalari toʻgʻrisida bildirishnoma berish.
5. Birja obligatsiyalari quyidagi talablar asosida
chiqariladi:
a)
birja obligatsiyalarini joylashtirish ochiq obuna yoʻli bilan amalga
oshiriladi;
b) birja obligatsiyalarining emitenti
kamida bir yil mavjud boʻlishi
kerak;
v) emitentlar soʻngi yil yoki yakunlangan oxirgi chorak
yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan moliyaviy hisobotlari bilan tasdiqlangan rentabellik, toʻlovga
qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning
ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlishi kerak;
g) birja obligatsiyalari markaziy
depozitariyda hujjatsiz shaklda markazlashgan xolda hisobga olinadi va
saqlanadi;
d) birja obligatsiyalari oʻz egalariga,
nominal qiymatini yoki nominal qiymatining belgilangan foizini olish huquqidan
tashqari boshqa huquqlarni bermaydi.
6. Birja
obligatsiyalarining chiqarilishini (keyingi chiqarilishi) roʻyxatdan oʻtkazish
Birja tomonidan emissiya (keyingi chiqarish)ga individual birja identifikatsiya
raqamini va uni berish sanasini bergan holda amalga oshiriladi.
7. Birja
kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan birja obligatsiyalarining har bir
chiqariluvi (qo‘shimcha chiqariluvi) da Birja va emitent o‘rtasida alohida Shartnoma tuziladi.
8. Bunday birja
obligatsiyalarining emitenti Birja va emitentning rasmiy veb-saytlarida,
birja obligatsiyalarini joylashtirish (muomalaga kiritish) boshlangan sanadan
kamida bir ish kuni oldin eʼlon qilish orqali birja tomonidan tasdiqlangan
birja obligatsiyalari Ofertasida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga kirishni
taʼminlaydi.
9. Birja obligatsiyalarining emitenti
ularni joylashtirish boshlanganidan keyin birja obligatsiyalarini chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga
va/yoki birja obligatsiyalari Ofertasiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas.
Birja obligatsiyalari joylashtiriluvi
boshlanishidan oldin Birja obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorga
va/yoki birja obligatsiyalari Ofertasiga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, emitent bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risidagi axborot oshkor etiladigan tartib va
muddatlarda oshkor qilishi shart.
10. Birja
obligatsiyalarini chiqarish (keyingi chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorga va/yoki
Oferta hujjatiga oʻzgartirishlar emitentning yozma arizasi asosida kiritiladi,
ular Birja tomonidan tasdiqlanganidan soʻng kuchga kiradi.
Birja obligatsiyalarini chiqarish
(keyingi chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorga va/yoki Oferta hujjatiga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar emitent boshqaruv organining qarori bilan amalga oshiriladi.
11. Birja
obligatsiyalarini chiqarish (keyingi chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorga va Oferta
hujjatiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarorni Birja
tomonidan tasdiqlashda, emitent Birjaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
–
emitentning Birja obligatsiyalarini
chiqarish (keyingi chiqarish) toʻgʻrisidagi qaroriga va/yoki Oferta hujjatiga
oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi;
– birja
obligatsiyalarini chiqarish (keyingi chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorga va/yoki Ofertaga oʻzgartirishlar kiritish
toʻgʻrisida jamiyatning boshqaruv organlari tomonidan ushbu qaror qabul
qilinganligini tasdiqlovchi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma;
–
yagona aksiyador – aksiyadorning tegishli
qarori nusxasi yoki koʻchirma;
mazkur Tartib ilovasiga muvofiq shaklda
tuzilgan, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga
kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar matni taqdim etiladi.
12. Birja
obligatsiyalarini chiqarish (keyingi chiqarish) to‘g‘risidagi qarorga va/yoki Oferta
hujjatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar, Birja obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror ro‘yxatdan
o‘tkazilgunga (tasdiqlangunga) qadar faqat quyidagi hollardagina amalga
oshiriladi:
a) emitentning korporativ nomidagi oʻzgarishlar, shu jumladan, kirill
alifbosidan lotin alifbosiga oʻtkazishdagi oʻzgartirish xolatlarida;
b)
emissiya hajmi, chegirma yoki
nominal qiymatning belgilangan foizi (kupon) kabi bozor sharoitlariga bogʻliq
boʻlgan individual joylashtirish parametrlarining oʻzgarishi;
d) agar oʻzgartirishlar va (yoki)
qoʻshimchalarning kiritilishi Hukumat qarorlari bilan bogʻliq boʻlsa.
13. Birja
savdosiga ruxsat etilgan birja obligatsiyalarini joylashtirishini Birja yoki qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga
soluvchi vakolatli davlat
organining qarori bilan
to‘xtatib turilishi, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a)
birja obligatsiyalarini chiqarish
jarayonida emitent tomonidan qonun hujjatlari, qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ushbu Tartib talablari buzilganda;
b)
vakolatli davlat organining
hisobotlarni taqdim etish va axborotni oshkor etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari
bajarilmaganda (faqat joylashtirish muddati davomida);
v) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziya chaqirib olinganda
(tijorat banklari uchun);
g) emitent birja
obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarori va Oferta
hujjati bilan tanishib chiqish
joyi va tartibi
bo‘yicha ma’lumotlar Korporativ axborot yagona
portali, birja va emitentning rasmiy veb-saytida oshkor qilinmaganda (faqat
joylashtirish muddati davomida);
d) Birja
tomonidan birja obligatsiyalarini joylashtirilishiga ruxsat beruvchi qaror
qabul qilishga asos bo‘lgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangandi;
e) tegishli sud qarori mavjud
bo‘lganda.
Birja savdosiga ruxsat etilgan birja obligatsiyalarini
joylashtirish va/yoki muomalasi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot bir ish
kunidan kechektirmay vakolatli davlat
organiga yetkazilishi lozim.
14. Birja
savdolariga qoʻyilgan birja obligatsiyalarini joylashtirish va/yoki muomalasini
tiklash qaror qabul qilgan organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
15.
Emitent birja obligatsiyalarini
joylashtirish ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda, biroq birja obligatsiyalarini joylashtirish boshlangan
kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay yakunlanishi shart.
16. Birja
obligatsiyalari muomalasi
ular toʻliq
joylashtirilmagunga va
ularning
haqi toʻliq toʻlanmagunga qadar taqiqlanadi.
berish tartibi.
17. Birja
obligatsiyalarini listingga qoʻyish tartibi “Toshkent” RFB birja kotirovkalari
toʻgʻrisidagi” Nizom va mazkur Tartibda belgilangan talablarga muvofiq amalga
oshiriladi va quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
– Tartibning
1-ilovasiga muvofiq, taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Ofertani
roʻyxatdan oʻtkazish va emitentning birja obligatsiyalarini birja kotirovkalash
varagʻiga kiritish toʻgʻrisidagi arizasini Birja tomonidan koʻrib chiqish;
– Tartibning
2-ilovasiga muvofiq, emitentning qimmatli qogʻozlar boʻyicha Ofertasini
elektron yoki qogʻoz shaklda koʻrib chiqish.
– 3-ilovaga
muvofiq, qimmatli qogʻozlar emitentining moliyaviy holatini baholash.
18. Birja
Listing komissiyasi Birja Boshqaruviga Ofertani roʻyxatdan oʻtkazish va emitentning birja obligatsiyalarini birja kotirovkalash varagʻiga
kiritish yoki asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisida xulosa taqdim
etadi.
19. Birja
boshqaruvi Ofertani roʻyxatdan oʻtkazish va emitentning birja obligatsiyalarini
listing komissiyasi xulosasi olingan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida
birja kotirovkalash varagʻiga kiritish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul
qiladi, ushbu qaror bir ish kuni ichida emitentning elektron pochta yoki
yuridik manziliga yuboriladi.
Birja tomonidan birja obligatsiyalari
boʻyicha Oferta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, emitentga Listing xizmatlari
shartnomasining ikki nusxasi va toʻlov uchun hisobvarag‘i yuboriladi
Birja, birja obligatsiyalari
chiqarilishini rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlarni Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysiga, Emitent tomonidan shartnoma imzolangan va birja
obligatsiyalari birja kotirovkalari varagʻida boʻlgan davri uchun listing
yigʻimi toʻliq olinganidan keyin taqdim etadi.
Birja
obligatsiyalarining har bir chiqarilishi “Birja
kotirovkalari toʻgʻrisida”gi
Nizom va mazkur Tartib talablari asosida listingdan oʻtishi kerak.
Birja, birja obligatsiyalari
chiqarilishini rasmiylashtirish uchun emitent yoki anderrayter tomonidan taqdim
etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi uchun javobgar boʻlmaydi.
20. Birja
obligatsiyalari birja kotirovkalash varagʻiga birja va emitent oʻrtasida
tuziladigan listing xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi
oʻrinlarda – listing xizmatlari shartnomasi) asosida kiritiladi.
21. Shartnomaning predmeti
birja tomonidan emitentga “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag‘i
to‘g‘risida”gi Nizom va ushbu tartib
talablariga muvofiq, birja obligatsiyalari Ofertani roʻyxatdan
oʻtkazish va birja obligatsiyalarini birja kotirovkalash varagʻigaga kiritish boʻyicha
koʻrsatiladigan listing xizmatlari majmui hisoblanadi.
22. Yuborilgan
shartnoma birja obligatsiyalari emitenti tomonidan imzolanishi va yuqoridagi shartnoma
olingan kundan boshlab
30 kalendar kun ichida
Birjaga taqdim etishi kerak.
23. Emitent
tomonidan imzolangan shartnomaning ikki nusxasi va birja obligatsiyalari birja kotirovkalari varagʻida
boʻlgan davr uchun listing yigʻimi
toʻliq olinganidan hamda Markaziy depozitariydan emitentning birja
obligatsiyalari roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnoma olingandan
soʻng, Birja boshqaruv kengashi birja obligatsiyalarni birja kotirovkalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
24. Emitent obligatsiya amal qilish muddati
uchun listing yigʻimi
toʻlamagan va imzolangan shartnomani belgilangan muddatlarda taqdim
etmagan hollarda, emitent yana listingga olish jarayonidan qayta oʻtadi.
25. Birja
boshqaruvining birja obligatsiyalarini birja kotirovkalash varagʻiga kiritish
toʻgʻrisidagi qaroriga asosan, birjaning masʼul boʻlinmasi bir ish kunidan
kechiktirmay Yagona dasturiy texnik majmuasi (keyingi oʻrinlarda – YADTM) savdo
tizimiga birja obligatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Emitentning birja obligatsiyalarini birja
kotirovkalash varagʻiga kiritish
sanasi YADTM savdo tizimiga
birja obligatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgandan
keyingi savdo kuni hisoblanadi.
26.
Birja kotirovkalash varagʻiga
kiritilgan birja obligatsiyalari uchun birja obligatsiyalarining har bir chiqarilishiga (muntazam chiqarilishi) Tartibning 4-ilovasiga
muvofiq birja tomonidan yagona identifikatsiya raqami va birja kodi beriladi.
Ushbu
identifikatsiya raqami har bir emitent
uchun yagona boʻlib,
axborot va tahliliy
maqsadlarda foydalaniladi.
27. Birja,
birja obligatsiyalarini birja kotirovkalash varagʻiga kiritish toʻgʻrisida
Birja Boshqaruvi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda emitentni xabardor qiladi va tegishli maʼlumotlarni oʻzining rasmiy
veb-saytida eʼlon qiladi.
28. Birja kotirovkalash varagʻiga kiritish rad etilgan taqdirda, emitent umumiy asosda
birja kotirovkalash varagʻiga kiritish uchun birjaga qayta murojaat qilishga haqli.
29. Birja obligatsiyalarining chiqarilishi (keyingi chiqarilish) Birja tomonidan
roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar taklif qilish yoki joylashtirishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Emitent
va/yoki anderrayter, emitent
bilan tuzilgan shartnomaga binoan birja obligatsiyalarini joylashtirishni
amalga oshiruvchi, investorga taklif hujjati va maʼlum bir transhdagi birja obligatsiyalarini joylashtirish shartlari (Oferta
shartlari) bilan ularni sotib olishdan oldin tanishish imkoniyatini taʼminlashi
shart.
30. Birja
obligatsiyalarini chiqarish parametrlarini hisobga olish, har bir transhning
chiqarilishiga individual birja identifikatsiya raqamlarini berish uchun birja
elektron shaklda birja obligatsiyalar chiqarilishi reestrini shakllantiradi.
31. Birja obligatsiyalari quyidagi turlarda muomalaga chiqarilishi mumkin:
konvertatsiya qilinmaydigan diskont obligatsiyalar;
konvertatsiya qilinmaydigan foizli
(kupon) obligatsiyalar.
32. Birja
obligatsiyalarini chiqarish boʻyicha Ofertada obligatsiya turi, shartlari va
ularni soʻndirish muddati koʻrsatiladi.
33. Birja obligatsiyalarini joylashtirish Birja orqali
amalga oshiriladi.
34. Emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar hujjatsiz shaklda
ular toʻliq toʻlangandan va ularni joylashtirish
muddati mobaynida xaridorning depo hisob raqamiga oʻtkazilgandan soʻng
joylashtirilgan hisoblanadi.
35. Birja
obligatsiyalarini joylashtirish tugallangan sanadan yoki birja
obligatsiyalarini joylashtirish muddati tugagan sanadan keyingi kundan
kechiktirmay emitent yoki anderrayter birja obligatsiyalarini joylashtirish
natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni emitentning rasmiy veb-saytida oshkor
qilishi va bu haqda birjani xabardor qilishi shart.
36. Emitent
yoki anderrayter Birjaga birja obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va
soʻndirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotning nusxasini yuboradi.
37. Birja
oʻzining rasmiy veb-saytida birja obligatsiyalarini chiqarish natijalari
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qiladi, ularga quyidagilar kiradi:
birja obligatsiyalarini joylashtirishning boshlanish va tugash sanasi; birja obligatsiyalarini
joylashtirishning haqiqiy bahosi (narxlari); nominal qiymati;
joylashtirilgan birja obligatsiyalarining nominal
qiymati va soni. birja obligatsiyalarining
soʻndirilganligi;
birja obligatsiyalari savdosining to‘xtatilganligi;
birja obligatsiyalarining bekor qilinganligi (sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilganligi);
birja obligatsiyalari joylashtiriluvining tiklanganligi;
birja obligatsiyalari chiqarilishlar (emissiyalar) soni (aniq jadval shaklda).
38. Birja obligatsiyalarining birjada
muomalasi “Bond Market”
obligatsiyalar
bozorining quyidagi seksiyalarda amalga oshiriladi:
asosiy seksiya – Main Board;
muzokara auksioni
seksiyasi – Nego Board;
obligatsiyalar bilan repo operatsiyalari boʻlimi – Repo Board.
39. Birja obligatsiyalari muddati tugagandan soʻng,
ularni soʻndirish sanasida
emitent Markaziy depozitariydan birja obligatsiyalari egalarining reestrini soʻraydi.
40. Obligatsiya
egalarining reestrini olgandan soʻng, emitent yoki uning toʻlov agenti birja
obligatsiyalari egalarining hisobvaraqlariga pul oʻtkazmalarini amalga
oshiradi.
41.
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini qimmatli
qogʻozlar reestridan chiqarish birja obligatsiyalarini chiqarishga (keyingi
chiqarish) ilgari Birja tomonidan berilgan individual birja identifikatsiya
raqamini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
42.
Birja uch ish kuni davomida birja
obligatsiyalari chiqarilishini bekor qilish
va ularni birja obligatsiyalarini roʻyxatga olish reestridan chiqarish
toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga xabar beradi.
43. Ushbu Tartib Birjaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganidan soʻng
kuchga kiradi.
44. Ushbu Tartibga
oʻzgartirish va qoʻshimchalar birja aʼzolarining, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga
solish boʻyicha vakolatli davlat
organining, shuningdek, birja boshqaruvi va kuzatuv kengashining tashabbusi
bilan kiritilishi mumkin.
(kompaniya blankasida)
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish
tartibiga 1-ILOVA
Birja obligatsiyalari boʻyicha
Ofertani roʻyxatdan oʻtkazish
va ularni “Toshkent” RFB birja
kotirovkalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi
EMITENT ARIZASI
(emitent nomi)
birja obligatsiyalari boʻyicha Ofertani roʻyxatdan oʻtkazish va
dona, har birining nominal (birja obligatsiyalarining umumiy soni)
qiymati soʻmdan boʻlgan birja obligatsiyalarini “Toshkent”
RFB birja
(nominal)
kotirovkalash varagʻiga
kiritish toʻgʻrisidagi emitent
vakolatli organining “ ”
y.
- sonli
qaroriga muvofiq Birja obligatsiyalari boʻyicha
Ofertani roʻyhatdan oʻtkazish
va birja kotirovkalash
varagʻiga kiritish uchun hujjatlar taqdim etmoqda.
|
Imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan vakolatli shaxsning lavozimi |
|
F.I.Sh. |
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(ilova qilingan hujjatlar
nomlari roʻyxati koʻrsatiladi)
EMITENT ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN
OFERTANI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA BIRJA KOTIROVKALASH VARAGʻIGA
KIRITISH UCHUN ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR
|
№ |
Hujjat nomi |
|
1. |
Emitent vakolatli organining qimmatli qogʻozlar chiqarish va birja kotirovkalash varagʻiga
kiritish toʻgʻrisidagi qaror
nusxasi yoki qarordan koʻchirma |
|
2. |
Amaldagi taʼsis hujjatlari, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nusxalari |
|
3. |
oxirgi ikki yil uchun moliyaviy hisobotlar yoki agar emitent ikki yildan
kam vaqt davomida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, oxirgi
hisobot davri uchun
moliyaviy hisobotlar nusxalari |
|
4. |
oxirgi ikki yil yoki agar emitent ikki yildan kam vaqt davomida
faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, oxirgi hisobot
davri uchun auditorlik hisobotlarining nusxalari |
|
5. |
birja obligatsiyasiyalarining Ofertasi va Oferta shartlari (3 nusxada) |
|
6. |
BHXS va AXS yoki GAAP nusxalari oxirgi
yil yoki oxirgi
hisobot davri uchun |
|
7. |
kupon daromadi toʻlanadigan birja obligatsiyalari uchun
kupon toʻlash boʻyicha toʻldirilgan jadval |
|
8. |
emitentning korporativ veb-sayti nomini koʻrsatish |
|
9. |
birja kotirovkalash varagʻiga kiritish uchun hujjatlar taqdim
etilgan sanadan kamida o‘n ikki oy oldin
berilgan emitentning joriy
kredit reytingi, reyting
hisobotining nusxasi bilan. |
|
10. |
Birja obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta hujjati. |
|
11. |
Oferta shartlari formasi
(agar birja obligatsiyalari Dastur asosida chiqarilsa). |
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga
kiritish tartibiga
2-ILOVA
“Toshkent” Respublika fond birjasi (“Toshkent” RFB
yoki “Birja”) va unga aloqador kompaniyalar,
ularning tegishli direktorlari/rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari
ushbu hujjatning mazmuni, shu jumladan, unga kiritilgan har qanday
maʼlumot yoki bayonotlarning toʻgʻriligi hamda toʻliqligi uchun javobgar
emaslar. Ushbu hujjat uchun javobgarlik hujjat emitenti va boshqa shaxslar,
masalan, anderrayterlar
hamda ekspertlarning fikri ularning
roziligi bilan hujjatga
kiritilgan.
Bundan tashqari, “Toshkent” RFB, uning
direktorlari/rahbarlari, mansabdor shaxslari, xodimlari hujjatni oʻz ichiga olgan qimmatli qogʻozlarning biron bir investor yoki investor turiga
yaroqliligini baholamadilar. Agar siz ushbu hujjatning mazmunini
tushunmasangiz yoki qimmatli qogʻozlar sizning
shaxsiy sharoitingizga mos kelishiga ishonchingiz komil boʻlmasa,
vakolatli moliyaviy maslahatchiga murojaat qilishingiz kerak.
Birja ushbu qimmatli qogʻozlarni “Toshkent” RFB birja
kotirovkalash varagʻiga kiritilishiga kafolat bermaydi. Birja, birja
obligatsiyalarini “Toshkent” RFBning birja kotirovkalash varagʻiga kiritish
huquqini oʻzida saqlab qoladi va agar ularni “Toshkent” RFB listing qoidalariga va “Toshkent” RFBda obligatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish tartibi”ga
muvofiqligiga ishonch hosil qilgan taqdirdagina birja savdosiga ruxsat beradi.
(“Emitent nomi”)
Jami miqdori
(summa va valyuta)
gacha boʻlgan birja obligatsiyalari Dasturiga tegishli
OFERTA HUJJATI
Ushbu hujjat Oferta hujjati
(“Oferta hujjati”)
Ushbu hujjat oferta
hujjati (“Oferta hujjati”) boʻlib,
u birja obligatsiyalari dasturi
bilan birgalikda (dasturning maksimal hajmiga) va uning egalik dasturiga)
(“dastur”) qadar tayyorlangan boʻlib, unga koʻra (emitent nomi) (“emitent”)
vaqti-vaqti bilan birja obligatsiyalarini chiqarishi mumkin
(“Qimmatli qogʻozlar”) investorlarga faqat birjaning ushbu tartibidagi taʼrifga muvofiq taklif
etiladi.
Dastur doirasida chiqarilgan
har bir qimmatli
qogʻozlar seriyasi
“transh” deb nomlanadi. Har bir transhning belgilangan muddati
365 kalendar kundan oshmaydi. Dastur bir xil yoki boshqa vaqt oraligʻida chiqarilgan bir yoki bir nechta
transhlardan iborat boʻlishi
mumkin. Har bir transh
ushbu tegishli transh maqsadlari uchun ushbu Oferta
hujjatini toʻldiradigan va ushbu
taklif hujjati bilan birgalikda koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan tegishli taklif shartlariga boʻysunadi.
Shubhalarni oldini olish uchun ushbu Ofertada koʻrsatilgan shartlar dastur doirasida chiqarilgan har bir
transhga nisbatan qoʻllaniladi hamda tegishli taklif shartlari bilan toʻldiriladi.
Oferta shartlarining shakli ushbu oferta
hujjatiga A ilovada
keltirilgan.
Ushbu Oferta hujjati (sana) da emitentning (vakolatli
organi) tomonidan tasdiqlangan. Ushbu Oferta hujjati Emitent tomonidan Birja veb-saytida eʼlon qilingan. Har bir transh boʻyicha
taklif shartlari mos ravishda birja veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Ogohlantirishlar:
1. Qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish toʻgʻrisidagi har qanday qaror
taklif hujjatini koʻrib chiqish
va investor tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha
operatsiyalarni amalga oshirish bilan
bogʻliq risklarni toʻliq
tushunish va baholashga asoslangan boʻlishi kerak.
2. Siz investitsiya qilingan mablagʻning toʻliq
yoki bir qismini
yoʻqotishingiz mumkin.
Javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma1:
Oferta hujjati uning mazmuni uchun javobgar boʻlgan
quyidagi shaxslar tomonidan tuziladi:
(Emitent nomi)
ushbu Oferta xujjatiga nisbatan (● masʼul
shaxs ismi)
Har bir bunday
shaxs (ishning shunday
boʻlishini taʼminlash uchun
barcha oqilona saʼy-harakatlarni amalga oshirish orqali)
Oferta hujjatining tegishli qismlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, oʻzi bilganicha, faktlarga mos kelishini va Oferta hujjatida uning ahamiyatiga taʼsir
qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar yoʻqligini tasdiqlaydi.
1 1
Masʼuliyat toʻgʻrisidagi bayonnomada Oferta hujjati uchun masʼul shaxslarning
rekvizitlari va xususan: (i) agar masʼul shaxs jismoniy shaxs boʻlsa, ushbu
shaxsning ismi va vazifalari koʻrsatiladi; va (ii) masʼul shaxs vakolatli
boshqaruv organi yoki boshqa yuridik shaxs boʻlsa, ushbu shaxsning nomi va
joylashgan joyi hamda Oferta hujjatini tasdiqlagan vakolatli boshqaruv organi
koʻrsatiladi.
|
1-BOʻLIM. EMITENT
TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT |
|
|
Emitent |
[toʻliq yuridik va/yoki tijorat nomi] |
|
Emitentning aloqa maʼlumotlari |
[yuridik manzil, aloqa
telefon raqami, elektron pochta manzili va korporativ veb-saytni oʻz ichiga oladi] |
|
Roʻyxatdan oʻtgan toʻgʻrisidagi maʼlumotlari |
[mahalliy roʻyxatga olish raqami va/yoki yuridik shaxs
identifikatori, joylashgan joyi, yuridik shakli, tashkil etilgan mamlakat va sanasi, shu jumladan, emitent
qaysi qonunga muvofiq tuzilgani va faoliyat yuritayotganligi.] |
|
Asosiy faoliyati va biznes tasnifi |
[(a) emitent faoliyatining asosiy
yoʻnalishlari, sotiladigan mahsulotlar va/yoki koʻrsatiladigan xizmatlarning
asosiy toifalari hamda emitent faoliyat yuritadigan asosiy bozorlar tavsifi;
(b) eng soʻnggi auditdan oʻtgan moliyaviy hisobot eʼlon qilingan kundan boshlab joriy qilingan har qanday muhim yangi mahsulotlar, xizmatlar yoki
faoliyat koʻrsatkichi] |
|
Asosiy aksiyadorlar va benefitsiar egalar |
[ushbu Oferta hujjati sanasidagi
emitent aksiyalarining 10 yoki undan
ortiq foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi shaxslarning nomlari va foizlari. Agar
biron bir shaxs yoki
shaxslar emitentni birgalikda nazorat qilsa, ushbu nazorat qanday amalga
oshirilishini, shu jumladan, ovoz berish huquqidan tashqari har qanday
nazorat huquqlarining tavsifini ham tushuntirish soʻraladi.] |
|
Emitentning direktorlari va boshqaruvi |
[Emitentning boshqaruv shaxslari, shu jumladan, Emitentning amaldagi va taklif etilayotgan direktorlari hamda yuqori mansabdor shaxslarining ismlari va vazifalari] |
|
Auditorlar |
[Nomi, biznes manzili
va kasbiy malakasi] |
|
Eng soʻnggi moliyaviy yil va/yoki undan koʻp muddat uchun asosiy moliyaviy maʼlumotlar |
[Auditdan oʻtgan moliyaviy
hisobotlar chop etiladigan va investorlar tomonidan koʻrish mumkin boʻlgan
havola qoʻshilsin. Ushbu boʻlim oxirgi yakunlangan moliyaviy yil va/yoki
undan koʻproq muddat uchun tegishli asosiy moliyaviy maʼlumotlarni oʻz ichiga
oladi, masalan: daromadlar, foizlar toʻlashdan oldingi foyda, soliqlar va amortizatsiya, soliqdan keyingi sof daromad, dividendlar (jami va sinflar
boʻyicha), jami aktivlar, pul mablagʻlari va naqd pul ekvivalentlari, jami
majburiyatlar, jami qarz, jami kapital, operatsion faoliyatdan sof pul
tushumlari – ularning har biri BHXS
yoki boshqa buxgalteriya standartlariga muvofiq
boʻladi va “Toshkent” RFB tomonidan tasdiqlanadi, belgilangan
moliyaviy hisobotlarni Emitentning veb- saytida tekshirish mumkin
boʻladi] |
|
Emitentning kredit reytingi |
[Reyting oʻtkazgan reyting
agentligi koʻrsatib oʻtilsin] |
|
Emitentning kredit layoqati |
[Tegishli moliyaviy koʻrsatkichlar koʻrsatilsin. Eslatma:
Emitent tegishli kredit reytingiga (yuqorida koʻrsatilganidek) ega boʻlishi
yoki “Toshkent” RFB tomonidan belgilangan moliyaviy talablarga javob berishi kerak.] |
|
Emitent va qimmatli qogʻozlarga xos
risklar |
[Emitent qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish bilan bogʻliq risklar] (a) qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish bilan
bogʻliq risklarning tabiati; (b) Emitentning biznes
va moliyaviy holatiga taʼsir qiluvchi har qanday jiddiy risklar; (d) risklarni kamaytirish yoki boshqarish uchun
emitent tomonidan taklif
qilingan har qanday
qadamlar; |
|
2 - BOʻLIM. DASTUR
SHARTLARI VA HOLATI |
|
|
Qimmatli qogʻoz turi,
shakli |
Qarz majburiyatlari boʻlgan
birja obligatsiyalari |
|
Dasturning hajmi
va davomiyligi |
[Dasturning umumiy miqdori, valyutasi va Dasturning davomiyligi] |
|
Dastur maqsadi |
[Beriladigan transhlardan tushgan mablagʻlar nimaga ishlatilishi toʻgʻrisidagi bayonotni qoʻshing] |
|
Valyuta (tegishli ravishda barcha transhlarga) |
[Emissiya valyutasi savdo
valyutasidan farq qiladimi yoki yoʻqligini koʻrsating] |
|
Nominal qiymat (agar
barcha transhlarga tegishli boʻlsa) |
Matn kiriting |
|
Qimmatli qogʻozlar shakli |
Roʻyxatdan oʻtgan
(qogʻozli boʻlmagan) shakl |
|
Tarqatish rejasi |
Investorlarga faqat Birja
qoidalarida belgilangan qimmatli qogʻozlar taklif etiladi |
|
Muomala muddati |
Qimmatli qogʻozlar tegishli transhni chiqarish vaqtida
tegishli Oferta shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda soʻndiriladi va toʻlanadi, birorta
ham transh chiqarilgan kundan boshlab 365 kalendar
kundan ortiq muomala muddatiga ega
boʻlmaydi. |
|
Qimmatli qogʻoz/ Qimmatli qogʻozlar holati |
Qimmatli qogʻozlar – emitentning taʼminlanmagan umumiy majburiyatlari hisoblanadi. |
|
Defolt holatlari |
Defolt qayd etilishi mumkin boʻlgan barcha
holatlarni ko‘rsating. |
|
Defolt holatida huquqiy ximoya choralari |
Investor murojaat qilishi
mumkin boʻlgan instansiyani (arbitraj, sud,
yurisdiksiya) koʻrsating. |
|
Dasturga oʻzgartirishlar kiritish |
Matn kiriting. |
|
Muddatidan oldin soʻndirish
va qaytarib olish shartlari |
[Qoidaga koʻra, birja
obligatsiyalari muddatidan oldin yoki ixtiyoriy ravishda oldindan soʻndirilmaguncha
qaytarib olinmaydi.] |
|
Qimmatli qogʻozlar egalariga toʻlovlar |
Toʻlov usullari va mexanizmlarini koʻrsating |
|
Amaldagi qonun va yurisdiksiya, defolt hollar
bundan mustasno |
Qimmatli qogʻozlar va Qimmatli qogʻozlardan kelib
chiqadigan yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shartnomadan tashqari
majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Birja qoidalariga muvofiq
tartibga solinadi va talqin qilinadi. Qimmatli qogʻozlar
bilan bogʻliq boʻlgan har qanday daʼvo, nizo yoki har qanday xususiyatdagi
nomuvofiqlik, Oʻzbekiston Respublikasi sudiga taqdim etiladi va sud tomonidan davlat qoidalariga muvofiq yakuniy qaror
qilinadi. |
|
Tashkilot |
“Toshkent” RFB |
|
Depozitariy |
Qimmatli qogʻozlar iarkaziy depozitariysi |
A-Ilova
Oferta shartlari formasi
(Quyida Dastur doirasida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning har bir Transhi
uchun toʻldiriladigan qimmatli qogʻozlarni taklif qilish shartlari
formasi keltirilgan.) (“Emitent
nomi”)
Oferta shartalari
Birja obligatsiyalari (qimmatli qogʻozni tasvirlang) sundirish muddati (●) (Birja
tomonidan berilgan identifikatsion raqam: (●)
“Qimmatli qogʻoz”
Dastur doirasida yoki alohida chiqariluv bilan chiqarilgan Birja obligatsiyalari umumiy summasi (●) gacha
Ushbu transhning qimmatli qogʻozlari (emitent nomi)
(“Emitent”) tomonidan Dastur doirasida va “Toshkent” RFBning birja
kotirovkalari varagʻi va “Toshkent” RFBga birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish
tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga muvofiq chiqarilgan. Bu yerda
ishlatiladigan atamalar Oferta hujjatida (sana)koʻrsatilgan shartlar
uchun hisoblanadi, vaqti-vaqti bilan (“Oferta hujjati”)
oʻzgartirilishi mumkin. Ushbu hujjat qimmatli qogʻozlar taklifining
yakuniy shartlarini (“Oferta shartlari”) aks
ettiradi. Ushbu hujjat
Oferta hujjati bilan birgalikda koʻrib
chiqilishi kerak. Oferta
shartlari va oferta hujjati emitent hamda birja veb-saytida eʼlon
qilindi.
“Toshkent” Respublika fond birjasi (“Toshkent” RFB
yoki “Birja”) va unga aloqador kompaniyalar,
ularning tegishli direktorlari/rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari
ushbu hujjatning mazmuni, shu jumladan, unga kiritilgan har qanday
maʼlumot, bayonotlarning toʻgʻriligi yoki toʻliqligi uchun javobgar emaslar. Ushbu hujjat uchun javobgarlik hujjat emitenti
va boshqa shaxslar, masalan, anderrayterlar hamda ekspertlarning fikri
ularning roziligi bilan hujjatga kiritilgan. Bundan tashqari, “Toshkent” RFB, uning direktorlari/rahbarlari, mansabdor shaxslari yoki xodimlari
hujjatni oʻz ichiga olgan qimmatli qogʻozlarning biron bir investor yoki investor
turiga yaroqliligini baholamadilar. Agar siz ushbu hujjatning mazmunini
tushunmasangiz yoki qimmatli qogʻozlar sizning shaxsiy sharoitingizga mos
kelishiga ishonchingiz komil boʻlmasa, vakolatli moliyaviy maslahatchiga
murojaat qilishingiz kerak.
Birja ushbu qimmatli qogʻozlarni “Toshkent” RFB birja
kotirovkalash varagʻiga kiritilishiga kafolat bermaydi. Birja, birja
obligatsiyalarini “Toshkent” RFBning birja kotirovkalari varagʻiga kiritish
huquqini oʻzida saqlab qoladi va agar ular “Toshkent” RFB listing qoidalariga,
“Toshkent” RFBda obligatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va
muomalaga kiritish Tartibi”ga muvofiqligiga ishonch hosil
qilgan taqdirdagina birja savdosiga
ruxsat beradi.
Emitent qoʻyidagilarni taqdim etadi va kafolatlaydi,
chiqarilish sanasida (quyida tavsiflanganidek):
emitent “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varagʻi
toʻgʻrisida”gi Nizom va “Toshkent” RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan
oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish Tartibi” talablariga toʻliq rioya
qilishini;
qimmatli qogʻozlarning umumiy
qiymati Dasturning umumiy
miqdoridan oshmasligini.
Oferta hujjatida belgilangan terminlar, agar ular
ushbu hujjatda aniq belgilanmagan boʻlsa, ushbu Oferta shartlari uchun bir xil
maʼnoga ega.
|
Transh № |
Matn kiriting. |
|
Identifikasiya
raqami |
Matn kiriting. |
|
Nominal qiymati |
Matn kiriting. |
|
Valyuta turi |
Matn kiriting. |
|
Chiqarilagan qimmatli qogʻozlar soni |
Matn kiriting. |
|
Chiqarilish sanasi |
Matn kiriting. |
|
Soʻndirilish sanasi |
Matn kiriting. |
|
Kupon foizi |
Matn kiriting. |
|
Foizlarni hisoblash uchun qoʻllaniladigan konvensiya
(agar kerak boʻlsa) |
Matn kiriting. |
|
Taklif etilgan narx |
Matn kiriting. |
|
Taklif muddati |
Matn kiriting. |
|
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish sanasi |
Matn kiriting. |
|
Qimmatli
qogʻozlarni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish va ularni
sotish mumkin boʻlgan
bozor segmentlari boʻyicha tafsilotlar |
Matn kiriting. |
|
Qimmatli qogʻozlar sotiladigan barcha bozorlar roʻyhati |
Matn kiriting. |
|
Emitent maslahatchilari |
Matn kiriting. (Anderrayterlar, auditorlar, huquqshunoslar va ushbu
transh boʻyicha maslahat beradigan boshqa shaxslarni
roʻyxatlang) |
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalada boʻlish
tartibiga 3-ILOVA
LISTING TALABLARI
“Bond Market”
obligatsiyalar bozori “Birja
obligatsiyalari”
|
№ |
Talab nomi |
Belgilangan talab |
|
1. |
Xususiy kapital miqdori |
100 mlrd soʻmdan kam emas |
|
2. |
Emitent mavjudlik davri |
1 yildan kam emas |
|
3. |
Moliyaviy koʻrsatkichlari |
Oxirgi yil uchun yoki agar emitent 2 yildan kamroq vaqt
davomida mavjud boʻlsa,
oxirgi hisobot davri uchun ijobiy moliyaviy natijalar |
|
4. |
Ilgari chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha emitent
tomonidan defolt holatlarining yoʻqligi, agar oldin chiqariluvlar boʻlgan boʻlsa |
Oxirgi uchta joylashtiruv davomida |
|
5. |
Quyidagi reyting kompaniyalaridan biri tomonidan berilgan
amaldagi kredit reytingining mavjudligi: S&P Global Ratings, Fitch Ratings, Moodyʻs mos
ravishda ʻB+ʻ, ʻB-ʻ
va ʻB3ʻ toifalaridan past boʻlmagan. |
Majburiy |
|
6. |
Birja obligatsiyalarining minimal
nominal qiymati
Joylashtiriladigan obligatsiyalarning minimal soni |
1,000,000 (bir million) soʻm;
1000 (ming)
dona; |
|
7. |
Rentabelilik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy
barqarorlik va likvidlikning moliyaviy koʻrsatkichlari |
1. Rentabelilik:
ROE= Chp / Sk.sr Chp –
hisobot davri uchun
sof foyda Sk.sr – hisobot
davri uchun oʻz kapitalining
oʻrtacha arifmetik qiymati ROEnorm>0
2.
Toʻlov qobiliyati (likvidlilik): Kpl= A2 / (P2 – DO) A2 – joriy (aylanma) aktivlar P2 – majburiyatlar DO –
uzoq muddatli majburiyatlar |
|
|
|
Kplnorm >1
3. Moliyaviy barqarorlik: Kfu= ((P1 + Dzk2)-A1) /
A2 P1 – oʻz mablagʻlari manbalari Dzk2 – uzoq muddatli qarzlar va kreditlar, A1 – uzoq muddatli aktivlar A2 – joriy (aylanma) aktivlar Kfunorm>0,2 |
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalada boʻlish
tartibiga 4-ILOVA
Birja obligatsiyalarini ro‘yxatga olish jurnali
|
№ |
STI R |
Emiten t nomi |
Roʻyxatg a olish sanasi va raqami |
Identifikatsiy
a raqami |
Nomina l |
Kupo n foizi |
Umumi y soni |
Umumi y hajmi |
|
X1 |
X2 |
X3 |
X4 |
X5 |
X6 |
X7 |
X8 |
|
|
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6 |
|
|
|
|
|
|
|
|
X1 tashkilot STIR raqami
X2 birja obligatsiyasini chiqaruvchi emitent
nomi
X3 Birjaning masʼul boʻlimi tomonidan belgilangan birja obligatsiyalari chiqarilishini
ro‘yxatdan
oʻtkazish sanasi va
raqami
X4 qimmatli qogʻozni
noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi 12 xonali
harf va raqamli kod X5 birja obligatsiyalarini chiqarishda
emitent tomonidan belgilanadigan bitta obligatsiyaning nominal qiymati
X6 kupon foizi (kupon foizli
birja obligatsiyalari uchun)
X7 muomalaga chiqarilgan birja obligatsiyalarining umumiy
soni
X8 birja obligatsiyalarini chiqarishning umumiy hajmi
(X5 x X7)
Identifikatsiya raqami Y1, Y2, Y3 – birjaning qisqartirilgan nomini
Y1 – R Y2 – S Y3 – E
Y4, Y5, Y6, Y7 – emitent ID sning oxirgi
4 raqami
Y8 – faoliyat sohasi
I – Soha
A – Agrosanoat majmuasi
C – Qurilish sektori
S – Ijtimoiy soha
T – Transport
B – Moliya va savdo
sektori
O – Boshqa sektorlar
Y9, Y10 – qimmatli qogʻozlar chiqarilishining seriya raqami
Y11 – qimmatli qogʻoz turi
S – Kupon koʻrinishidagi birja obligatsiyalari
D – Diskontlangan birja obligatsiyalari
Y12, Y13, Y14 – birja tomonidan
roʻyxatga olingan seriya
raqami
Y15 – amal qilish mudati
0 – bir yildan
kam
1 – yil
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalada boʻlish
tartibiga 5-ILOVA
(kompaniya blankasida)
Birja obligatsiyalarning muomala
muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi
BILDIRISHNOMA
, manzil
boʻyicha joylashgan: birja obligatsiyalari
(emitentning
toʻliq nomi)
chiqarilishi
toʻgʻrisidagi qaror (
yil, roʻyxat raqami )
birja obligatsiyalari dasturiga tegishli
Oferta hujjatiga/ Oferta
shartlari formasi asosida
chiqarilgan
birja obligatsiyalarning
(haqiqatda joylashtirish tugagan
sana)
dona
yoki foizi toʻliq
(qisman) jamiyat tomonidan soʻndirilganligini (sotib
olinganligini) maʼlum qiladi.
1. Birja obligatsiyalarni toʻliq soʻndirishda nominal
qiymatini toʻlovini amalga
oshirish sanasi (toʻliq
soʻndirilgan holatda): ;
2. Xarid qilingan
obligatsiyalar (muddatidan oldin qaytarib sotib olinganda) boʻyicha
amalga oshirilgan oxirgi toʻlovning sanasi: .
3. mitent depo
hisobvaragʻiga obligatsiyalarni
oxirgi oʻtkazish sanasi: .
Birja
obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta hujjatiga/ Oferta shartlari formasi ( y. roʻyxat raqami -sonli) ga asosan
(emitent nomi)
. chiqarilgan
(birja obligatsiyasi koʻrinishi, nominal qiymati va soni)
Birja
obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta hujjati/ Oferta shartlari formasi ( y.
roʻyxat raqami -sonli)
ga asosan obligatsiyalarni soʻndirish tugagan sana (muddat):
.
|
Kuzatuv kengashining raisi |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|
Emitent rahbari |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|
Bosh hisobchi |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalada boʻlish
tartibiga 6-ILOVA
(kompaniya blankasida)
Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan Birja obligatsiyalari Dasturiga
tegishli Oferta hujjatiga/ Oferta shartlari formasiga
kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni roʻyxatidan oʻtkazishga
ARIZA
manzil boʻyicha
joylashgan:
, avvalgi
roʻyxatdan oʻtkazilgan birja obligatsiyalari
(emitentning toʻliq nomi)
Dasturiga tegishli Oferta hujjatiga/ Oferta shartlari formasiga oʻzgartirishlarni
roʻyxatidan oʻtkazishingizni soʻraydi. (roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqami)
Avvalgi roʻyxatdan oʻtkazilgan Ofertaga oʻzgartirishlar
sababli kiritilmoqda.
(birja obligatsiyalari chiqarilish Ofertasiga oʻzgartirishlar kiritishning sababi koʻrsatiladi)
|
Rahbar |
|
|
|
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|
Bosh hisobchi |
|
|
|
SANA |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
“Toshkent”
RFBda birja obligatsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalada boʻlish
tartibiga 7-ILOVA
|
“Toshkent” RFB tomonidan |
|
-son |
|
|
(roʻyxatdan oʻtkazilgan sana) |
(roʻyxat raqami) |
|
bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “ ” |
||
|
|
(emitentning
nomi) |
|
|
birja obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta
hujjatiga/ Oferta shartlari formasiga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarning |
||
|
|
|
|
|
Amaldagi tahrir |
Yangi tahrir |
|
|
Birja obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta hujjatini/ Oferta shartlari
formasini roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqami |
||
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
Emitent rahbari |
||
|
|
(F.I.Sh., imzo) |
|
|
|
||
|
(F.I.Sh., imzo) |
||
|
Ilgari roʻyxatdan
oʻtkazilgan birja obligatsiyalari Dasturiga tegishli Oferta hujjatiga/ Oferta
shartlari formasiga oʻzgartirishlar kiritishga doir hujjatlarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatgan investitsiya maslahatchisining nomi: |
||
|
Investitsiya maslahatchisi bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi |
||
|
Investitsiya maslahatchisi rahbarining F.I.Sh. va imzosi: |
||
|
|
|
|
|
|
|
Sana |