Respublika fond birjasi “Toshkent” AJ “SAMO-RS” MChJ (BK №467) 2025-yil 16-apreldan boshlab Birja a’zolari tarkibidan chiqarilganini ma’lum qiladi.
Chiqarishga asos – birja a’zosining investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatini tugatish va likvidatsiya jarayonini boshlash to‘g‘risida taqdim etgan arizasidir.
Chiqarish to‘g‘risidagi qaror “Respublika fond birjasi ‘Toshkent’” AJ Boshqaruvi tomonidan 2025-yil 14-aprelda “Birja a’zoligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida qabul qilingan.