«Toshkent» Respublika fond birjasi «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» AJ aksiyalari bilan savdolar 2025-yil 4-apreldan boshlab to‘xtatiladi.
To‘xtatilish sababi — emitent tomonidan aksiyalarni split qilish va o‘z kapitali hisobidan qo‘shimcha aksiyalar chiqarishni o‘z ichiga olgan korporativ harakatlarni amalga oshirishi hisoblanadi.
Savdolar «Toshkent» RFBda qimmatli qog‘ozlar savdo qoidalarining 1687-1 bandi hamda Markaziy Depozitariyning xabarnomasiga muvofiq to‘xtatiladi.